lotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo'lmaydi. Fiziologiyaning oliy
nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to ‘g‘-
risidagi xulosalari pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini
ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari
uchun yaxshiroq sharoitlar
yaratishda yordam beradi.
Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini
hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixo-
logiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining
qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pe
dagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, awalo,
u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan
bog‘lanadi. Pedagogika boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida
etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi.