Suhbat metodi.
Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodi-
salar haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul shaxslar bilan
og‘zaki s a W la r berilib, ulardan axborot olish jarayonidir.
So‘roqlar
mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq
ifodaga ega bo‘lishi lozim va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab
jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu
ham olish mumkin. 0 ‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki
noaniq
javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma
javoblami ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi
anketa metodi,
deb ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
anketalar mazmuniga, berilgan
soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, anketalar olingan m a’lumotlami
kompyuterda qo‘llab, matematik statistika metodlari bilan ishlashga
imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada shun-
day tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming real faoliyatidagi
sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini aniqlashga yordam beradi.