Ilk yoshdagi bolalaming yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Ilk yoshdagi bolalaming yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash.
Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘ladi. Shu 
bilan birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yuqori bo‘lgan 
yoshdir. Shu sababli toMaqonli rivojlanishni ta ’minlash uchun 
bolalaming sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning 
hayotini to ‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy 
holatiga ko'maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish to ‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilish zarur.
Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib 
o‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xil harakatlami egallaydilar. 
Harakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ketma-ketligi 
bolalaming o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sistemasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Zotan, bolalami yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish, 
ular bilan tez-tez muloqotda bo‘lib turish tufayU ular bu sharoitlar 
yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta mustaqil yura boshlaydilar. Ilk 
yoshda sensor rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ulami, 
idrok etishni, tasawurlami takomillashtirish katta ahamiyatga ega.
Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalaming muhim 
yosh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining 
deyarli barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda 
tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar.
Ilk yoshda ish yuritishning asosiy yo‘nalishlari, o‘yin faoliyati, 
tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib 
topadi. Bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishning eng sodda ko‘nik- 
malarini egallaydilar, bu bolaning o ‘ziga xos mustaqilligini belgilab
20


beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan 
o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda bir- 
birlari bilan muomalada bo‘lishni va o ‘zlarini o‘yin qoidalariga 
muvofiq tutishni o‘rganadilar.
Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his
iroda, sababga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida 
bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga 
solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, 
ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami tushunishni 
o‘rgatib borish kerak.
Bolalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun 
ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk 
yoshdan boshlab amalga oshirish zarur.
Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy 
ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilk yoshdagi bolalaming yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish