Har bir yosh davri yashalgan yosh,
organizm biologik sistema-
larining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odam-
ning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va maz-
muni bilan belgilanadi.
Yosh kattalashgan sari ruhiy
faoliyat boyib boraveradi, shu
bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir
yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy,
irodaviy, sababiy
tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o ‘zaro
aloqa
o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi
tartibga solishga ta ’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning
yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq
shaxsning ruhiy rivojlanish
darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda,
ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta ’lim sistemasi, shaxsning faoliyati
va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojla
nish muddatlarida o ‘ziga xos siljishlar ham bo‘lishi mumkin.