Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
va ularni tarbiyalash. 
Maktabgacha o‘rta yoshda bola organizmining 
takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning 
o‘sish sur’ati awalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, 
lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‘sish va 
tana og‘irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy 
to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivoj­
lanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi 
oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan 
birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga 
kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloq- 
tirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab 
harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.
Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib 
borishda markaziy o‘rinni egallaydi. Bolaning imkoniyatlariga m u­
vofiq oilada va bolalar bog‘chasida ta ’sir ko‘rsatishning aniq vo­
sitalari va metodlarini qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, 
gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlar, chiniqish usullari bel- 
gilanadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada miya qobig‘ining 
funksional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak 
darajada ta ’sirchanligi idrok etishning yorqinligi, o‘tkirligini, bo­
lalar ta ’sirlanuvchanligini shart qilib qo‘yadi, shuning uchun 
maktabgacha o‘rta yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda 
taassurotlar va bilimlami (bu asosan atrofdagi hayot haqidagi eng 
oddiy bilimlar bo‘ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
21


Maktabgacha o‘rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib 
borilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, 
ko‘rgazmali-ta’sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab 
jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar 
ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga 
qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o ‘rab turgan buyumlar va hodisalar 
to ‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha 
yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi. Biroq bola­
ning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa, u passiv bo‘lib qoladi.
Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar uchun faoliyatning xilma- 
xil turlarida namoyon bo‘ladigan taassurot yangiligi va o‘tkirligi 
xosdir. Kattalaming ta’sirida maktabgacha yoshdagi bolaning fao­
liyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan va boshqariladigan bo‘lib qo­
ladi, bu esa ta’lim beradigan mashg‘ulotlar va mehnat paytida e’ti- 
borlilikni tarbiyalash uchun g‘oyat muhimdir.
Bola shaxsining tarkib topishi uning fe’l-atvori shakllanishida 
ham o‘z ifodasini topadi. Ongning rivojlanishi faoliyat, xulq-atvor 
uchun turli sabablaming paydo bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. 
Maktabgacha o‘rta yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvor sabablarini 
ijtimoiy xulq-atvor sabablariga bo‘ysundirib, tarbiyachilar, ota- 
onalaming talablariga asoslangan holda o‘z xulq-atvorini va boshqa 
bolalar xulq-atvorini baholay oladi. 0 ‘yin vaziyatida, mashg'u- 
lotlar chog‘idagi ta’lim paytida maktabgacha yoshdagi bolada fe’l- 
atvorning irodaviy sifatlari paydo bo‘ladi. M a’naviy ongni shakl- 
lantirish burch, adolat, qadr-qimmat va boshqa ijtimoiy tuyg‘u- 
laming paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Bola o ‘z oldiga qo‘yilayotgan talablarning aham iyatini tu- 
shuna boshlaydi. Yaxshi va yomon xatti-harakat qilgandagi ke- 
chinmalar endilikda katta odamning munosabati bilangina emas, 
shu bilan birga o ‘z mulohazasi, ularga o ‘zining axloqiy m unosa­
bati bilan paydo bo‘ladi. Bolalarda xijolat bo‘lish, uyalish his- 
tuyg‘ulari va aksincha, ijtimoiy talablami bajarganligini anglab 
yetishdan quvonish va qoniqish hosil qilish tuyg‘ulari chuqurroq 
namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada qobiliyatlarni rivojlantirish 
uchun yosh bilan bog‘liq zamin mavjud. Bu bolani har tomonlama 
rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini o‘zgartirish va murakkab- 
lashtirishga, ta’lim va tarbiyaning o‘yin, so‘z, ko‘rgazmali va amaliy 
usullari nisbatini o‘zgartirishga, maktabgacha yoshdagi bolalikda 
mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanishga asos bo'ladi.
22


/ \ |

Download 3,92 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish