• I.BOB «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari…….6
  • II.BOB. Fizika boyicha oquv ekskursiyalari: xususiyatlari, otkazish shakllari va tasniflash………………………………………………………………………14
  • SH.M.Mirziyoyev. KIRISH Kurs ishining maqsad va vazifalari
  • I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #149273
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Órta umumta\'lim




    Órta umumta'lim maktablarida tashkil qiladigan ekskursiya turlari 
    va ularni tashkil etish uslublari 
    MUNDARIJA: 
    KIRISH ………………………………………………………………………….3 
    I.BOB «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari…….6 
    1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari…………….6 
    1.2. Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati………………………………7 
    1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida………………………………….10 
    1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida………………………………11 
    II.BOB. Fizika bo'yicha o'quv ekskursiyalari: xususiyatlari, o'tkazish shakllari 
    va tasniflash………………………………………………………………………14 
    2.1. Ekskursiya xizmatining xususiyatlari………………………………………...14 
    2.2. Fizikada ekskursiyalarni o’tkazish shakllari…………………………………15 
    2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash………………………………………………21 
    Xulosa……………………………………………………………………………..25 
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...30 
    Internet saytlar…………………………………………………………………….31 
    Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo’lib, jamoa bo’lib shakllanadi. Ayni o’sha 
    paytda ularni o’zlari o’rgangan muhitdan ajratib qo’ymaslik kerak. Bu yoshlarning 



    ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi 
    mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o’quv dasturlarini 
    takomillashtirish zarur. 
    SH.M.Mirziyoyev. 
    KIRISH 
    Kurs ishining maqsad va vazifalari: Turizm iqtisodiy sohalar ichida 
    daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu 
    sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy 
    xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan 
    turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan 
    tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, 
    sermazmunligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi 
    shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
    «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan 
    talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar 
    turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va 
    texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
    «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni 
    mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab-
    chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil 
    etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar 
    berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar 
    qo’yilgan: 
    Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish; 
    Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskursiya xizmatini 
    tasniflashni o‘rgatish; 
    Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish; 



    Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish; 
    Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash; 
    Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish 
    tartibini o‘rgatish; 
    Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash; 
    Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullarini aniqlash; 
    Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari; 
    O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini 
    tashkil qilishni o‘rgatish; 
    O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni 
    o‘rgatish; 
    Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; 
    Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash; 
    Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish. 
    Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur 
    manbalar mavjud. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim 
    sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki va ham 
    xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Mamlakatni 
    modernizatsiya qilish sharoitida turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yechimini 
    kutib turgan masalalardan biri malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni 
    tayyorlashdir. Turizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri 
    hisoblanadi. Tashrif buyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, 
    ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. 
    Ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan 
    ekskursantlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
    «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani «Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» 
    va «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim 
    olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan 
    talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil qilish haqida zaruriy 
    ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini 



    o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-
    rekreatsion hududlari, ishlab chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarida sifatli, xavfsiz 
    ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali 
    foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, fan 
    bo‘yicha hozirda lotin alifbosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligini 
    hisobga olgan holda va turizm ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Samarqand iqtisodiyot 
    va servis instituti Respublikada tayanch oliy dargoh bo‘lganligi tufayli, mualliflar 
    tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma ekskursiya xizmatini tashkil 
    qilishni o‘qitishda boshqa oliy o‘quv yurtlari va turizm kollejlari talabalariga 
    yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz. 

    Download 0,56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish