Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#149273
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Órta umumta\'lim
Uslubiy ko\'rsatma MT (6), КОЛЛОИД КИМЁ 24.05.2011, МАЪРУЗА МАТНИ, A good Business English needs analysis will include questions related to why the students want to learn English, O’zbek xonliklarining o’zaro munosabatlari va xalqaro savdo diplomatikaloqalari 2, 34-mavzu Terining tuzilishi va funksiyasi, 2 курс малакавий амалиёт2021 2022 tasdiqlangan 2, FAN DASTURI TAT 4 KREDIT 2020, Jumayev Start up loyiha, 1-vazifa (Chizili), А-35 ректор буйруғи баённома, matematika uzb 8 imtihon 2021, 7777777, 1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari, AbdirozzoqovD 5ki-2022
 
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida 
Insonlarning kundalik faoliyatida ikki xil muloqot shaklini uchratish mumkin: 
bevosita muloqot va bilvosita muloqot. Bevosita muloqot shakliga - suhbat, ma’ruza, 
dars, diskussiya, miting, telefon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday 



muloqot jarayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlarning umumiyligi 
shakllanadi, bir-birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, o‘zaro aloqa 
mustahkamlanadi. Bilvosita muloqot shakli- gazeta, jurnal, kitob o‘qish, radio, 
televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayonida bevosita 
muloqot jarayoni kabi olingan axborotga sub’ekt reaksiyasini ko‘rsatadigan teskari 
aloqa mavjud bo‘lmaydi. Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid 
va ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ularning o‘zaro fikr almashuvi va 
harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta hajmdagi axborotlarni olish 
imkoniyatini beradi, fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi 
muloqot jarayonida guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-
birini tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shakllanishiga 
erishiladi. Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot muloqot 
turi, sub’ektlar va ob’ektlar o‘rtasidagi ikki xil munosabatlar shaklining 
uyg‘unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiqdir. Gidga psixologiya va 
pedagogika sohalaridan bilimlarning mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g‘ri tashkil 
qilishga yordam beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro 
muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kommunikativ 
komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir. Ekskursiya xizmatining 
samaradorligi nafaqat gidning mavzu bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish 
uslubiga balki, ekskursantlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o‘zaro 
muloqotiga ham bog‘liqdir. Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘rnata 
olish kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari ekskursiya 
xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yutuqlari bilan birga 
kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya jarayonida ekskursantlarning 
faolligini oshirish maqsadida gid turli variantlarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Agarda u 
hikoyani kengroq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko‘rgan va 
eshitganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’lumotlarga urg‘u 
berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni fikrlashga, taqqoslashga, 
baholashga, xulosa qilishga undasagina jarayon samarali bo‘ladi. Amaliyotda 
ekskursiya xizmatini turli nuqtai nazarda(aspekt) ko‘rib chiqish mumkin: ta’lim va


10 
tarbiyaning mustaqil shakli sifatida; ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli 
sifatida; madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shakli sifatida; epizodik 
tadbir, mavzuli siklning bir qismi, bilishning bir pog‘onasi sifatida; ilmiy bilimlarni 
tarqatish shakli, g‘oyaviy tarbiya sifatida; tarbiyaviy yo‘nalishning bir turi sifatida 
(vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal 
shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida; madaniy-tarbiyaviy ishlarning 
mutloq shakli va tashkillashtirilgan turizmning ajralmas qismi sifatida. Ekskursiya 
xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomondan ekskursantlarga san’at asarlari, 
tabiat hodisalari, turli soha vakillari hayoti bilan tanishish, ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish 
mahoratini rivojlantiradi.

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish