7
bajarishda ekskursantlarda ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish
katta o‘rinni egallaydi. Ob’ektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish
qobiliyati deganda estetik
qabul sifatida me’morchilik massalari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar
guruhini,
ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum
burchak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Ob’ektlardagi tarixiy jozibadorlikni
anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektidagi
tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida turli
davrlardan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va muzey-
tarixiy
yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu jarayon har doim katta bilim va
ko‘nikmani talab qiladi. Ekskursiya ma’lumotlari va ularni hikoya qilishda gidning
malakaviyligi ekskursantlarning kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. Bu haqda
rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: «Ekskursiya rejasi, vazifasi,
maqsadi bilan asoslangan materialning uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil
his qilish, qabul qilish va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak». Ekskursiya
xizmatining vazifalaridan biri – ekskursantlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy
shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan
munosabatni va mustaqil baho berishni shakllantirishdir. Baho berish - bu biror kim
yoki narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvori, rolini aniqlash,
kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir. Ekskursiya xizmatini
baholash degani gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning mavzu
bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishidir. Ekskursiya
xizmatiga munosabat- bu
ekskursiya xizmati mavzusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning
aniq bir qarashlari; biror-bir harakatlarni his etishi, yozuvchi yoki rassom o‘z asarini
yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq muallifning asari
sifatida o‘z syujetiga ega bo‘lib, barcha ekskursiya materiallari unga bo‘ysunadi.
Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib
boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instruktor suhbatlaridan
ko‘ra murakkabroq jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali
ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan
8
farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir. Avvallari ekskursiya shifobaxsh o‘simliklarni izlab topish maqsadidagi
sayr deyilgan, keyinchalik unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar
yig‘ish kabi ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini izlash
jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsadlarni belgiladi. Tarbiyaviy
ishlarni samaraliroq tashkillashtirish harakatlari ekskursiya
xizmatini madaniy-
ta’limiy ishlarning biriga aylantirdi. Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika
sifatida tugallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega bo‘ldi. U
mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlarni taqdim etish uslubi jihatidan ahamiyatli
darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas
qismi sifatida tavsiflandi.Demak, ekskursiya xizmati insonning atrof-muhitni
o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlarda, korxona
binolarida,
laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot institutlarida va boshqa joylarda
joylashgan ob’ektlar oldindan tanlangan bo‘ladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni
malakali mutaxassis - gid rahbarligida amalga oshiriladi. Ob’ektlarni tushunish,
qabul qilish jarayoni aniq mavzuni yoritishdagi vazifalari bilan belgilanadi. Gid
ekskursantlarning ob’ekt ko‘rinishini, tarixiy joyning qadr-qimmatini, ob’ekt bilan
bog‘liq tarixiy voqeani tushunib olishlariga yordam beradi. Ekskursant ayni damda
nimani ko‘rayotgani, tushunayotgani, his etayotgani gid uchun muhimdir. Gid o‘z
hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi,
shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi. Xulosa qilib,
ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin:
ekskursiya xizmati– bu insonlar guruhiga maxsus shakllarda
beriladigan bilimlar
majmui bo‘lib, bilimlarni uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.