11
jarayonning boshqa shakllaridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat
o‘quv maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o‘z vazifalari va
ishtirokchilarga ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hisoblanadi. Barcha pedagogik
jarayonlarda bo‘lgani kabi ekskursiya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi:
o‘rgatuvchi-gid va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha
bilimlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki tomonning
o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisoblanadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro
munosabatda gid pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi.
Gid kasbiy
malakasining tarkibiy qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi.
Gidning pedagogik mahoratiga quyidagilarni kiritish mumkin:
mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim;
tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati;
ekskursant ruhiyatini tushunish;
guruhni boshqara olish;
pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
intuitsiya;
ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish;
tarbiya maqsadida pedagogik vositalarni qo‘llay olish va sh.k.
Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlarni hamjihatlikda fikrlash, tahlil qilish,
hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha birlashib, jamoaga aylanishini
ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xizmatining nafaqat ta’limiy,
balki tarbiyaviy
jihatlariga ham e’tibor qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday
tanlashi va foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, boshqa
millatlar, ularning urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislatlar paydo bo‘lsin. Har bir
ekskursiya xizmati o‘z vazifasiga ega. Tabiatshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar
tabiatga, hayvonot va o‘simliklar olamiga ehtiyotkorona munosabatni,
san’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya ekskursantlarni estetik dunyoqarashini,
ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar mehnatsevarlikni tarbiyalaydi.
Ekskursiya xizmatidagi pedagogik jarayonning
muhim qismi ekskursiya
ma’lumotlarini tushuntirishdir. Ushbu jarayonda ekskursantlar ongida ko‘rgan va
12
eshitganlarini taqqoslash, bir ob’ektni ikkinchisi bilan solishtirish, asosiy va
qo‘shimchalarini ajratish, umumlashtirish, xulosalash kabilar ro‘y beradi. Pedagogik
jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir vazifasi ekskursantlarda ob’ektlarni
mustaqil kuzatishi uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Ekskursiya
o‘zining ko‘rgazmaliligi, ob’ektni ko‘rsatishning
turli usullari, hikoyaning turli
shakllari bilan qatnashuvchilarni faollashtiradi. Gid pedagogik jarayonning davomi
sifatida ekskursiya jarayoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash
maqsadida mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar
ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilarni tavsiya etadi. Gidning pedagogik
faoliyatida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Ekskursiya jarayoniga
gid va guruhni tayyorlash;
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish;
Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursiyadan keyingi
ishlar. Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor bo‘lsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbiyaning psixologik
muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning asosiy talablarini o‘rganib,
auditoriyaga bilimlarni yetkazishning samarali shakllarini, ta’lim
va tarbiya
vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya
xizmatining negizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga
o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllantirishga yordam
berishdir. Tayanch so‘z va iboralar: «ekskursiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati
va uning vazifalari, ekskursant, ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida, bevosita
va bilvosita muloqot, ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida,
pedagogika,
psixologiya, gidning pedagogik mahorati.