5
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha
yetakchi
sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha
ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya
xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi,
madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat
resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni
xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi,
daromadliligi,
hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar
uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm
sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi
haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»
fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning
boy tarixiy merosi,
ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlabchiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli,
xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida
samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish
uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
Ekskursiya xizmatining
mazmun-mohiyatini
tushuntirish;
Ekskursiya
xizmatining
funksiyalari,
xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflashni o‘rgatish; Ekskursiya rahbari -
gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish; Ekskursiya xizmatini tayyorlash
texnologiyasini o‘rgatish; Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash; Ekskursiya
xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibini o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash; Ekskursiya
xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish
usullarini aniqlash; Ekskursiya xizmatining
tashkiliy masalalari; O‘zbekistonning tarixiy-
arxitektura yodgorliklariga
ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; O‘zbekistonning ekologik
hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish; Turizmning maxsus
turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida
ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash; Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy
yordamni ko‘rsatish qoidasini o‘rgatish.