I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.01.2024
Hajmi0,56 Mb.
#149273
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Órta umumta\'lim

2.3. Ekskursiya xizmatini tasniflash 
Tasniflash deb, predmetlar, hodisalar, tushunchalarni sinflar, bo‘limlar, 
umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratishdir.


20 
Ekskursiya xizmatini tasniflash masalasi har doim sohasi mutaxassislarining 
diqqat markazida bo‘lib, bu muammoni yechishda o‘tgan asrning 20 yillarining 
oxirida harakat qilishdi. Ekskursiyachi olim V.A.Gerd ekskursiya xizmati 
shakllarini tasniflashning o‘z variantida ekskursiyani guruhlar va guruhostilarga 
bo‘lishni va uni tayyorlashda gidga yo‘nalish olishga yordam beruvchi 
xususiyatlarini ajratishni tasniflashning asosiy maqsadi sifatida ta’kidlab o‘tgan. 
Ekskursiya xizmati ham mustaqil faoliyat (dam olish uylarida, klublarda, 
maktablarda) ham turistik xizmat majmuasining bir qismi bo‘lishi mumkin 
(turfirmalarda). Hozirda ekskursiya xizmati quyidagicha tasniflanadi: mazmuniga 
ko‘ra; qatnashuvchilar soni va tarkibiga ko‘ra; o‘tkazish joyiga ko‘ra; harakatlanish 
vositasiga ko‘ra; davomiyligiga ko‘ra; o‘tkazish shakliga ko‘ra. Mazmuniga ko‘ra 
ekskursiyalar ko‘p rejali va mavzuli bo‘ladi. Ko‘p rejali ekskursiyalarda tarixiy va 
zamonaviy ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil ob’ektlarni 
ko‘rsatish negizida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshootlar, 
tabiat ob’ektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi 
korxonalari va shu k.). Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va 
shahar, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvurni beradi. Bunday 
ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk paydo bo‘lishi tarixidan boshlab to 
kelajakdagi rivojlanishi haqida ma’lumotlar beriladi. Ko‘p rejali ekskursiyalar 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning 
mavzusini belgilash murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’iy nazar ular 
tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‘xshashdir. Ularning har birida bir necha 
mavzuostilar mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning qisqacha tarixi, fan, 
madaniyat, xalq ta’limi haqida). Ekskursiyada aniq bir shahar, viloyat, o‘lka o‘ziga 
xos tarixiy rivojlanishiga qarab hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi 
ekskursiyalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan Buxoro xonligidagi o‘zaro 
nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskursiyalarda esa yozuvchi, 
shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi. 
Mavzuli ekskursiyalar bitta mavzuning yoritilishiga bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy 
ekskursiya bo‘lsa, uning negizida yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha 


21 
voqealar yotadi. Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda shahar, 
ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari, o‘tgan asrlar me’moriy 
ansambllari kiritilishi mumkin. Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, 
tabiiy (ekologik), san’atshunoslik, adabiy, me’moriy – shaharsozlik ekskursiyalariga 
bo‘linadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tarixiy mavzudagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy – o‘lkashunoslik (masalan, «Samarqand 
shahrining ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va h.k.); - 
arxeologik (masalan, Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qadimiy shahri; 
Samarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik majmuasidagi tarixiy qazilmalarni 
ko‘rsatish); - etnografik, turli millat va elatlarning urf odatlari haqidagi ekskursiya; 
- tarixiy muzeylarda ekskursiya. Ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiya xizmatlari 
quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - tarixiy- ishlab chiqarish; - iqtisodiy- ishlab 
chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati); - texnik- ishlab chiqarish; - ekskursantlarni 
kasbga yo‘naltiruvchi. San’atshunoslik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi 
guruhostilarga bo‘linadi: - teatral – tarixiy (masalan, «Samarqand shahri teatri 
hayoti», «A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va h.k.); - musiqiy – tarixiy 
(masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir kunlik sayohat» va sh.k.); - xalq amaliy 
san’ati (masalan, O‘zbekistondagi kulolchilar, zardo‘zlar va boshqa usta 
hunarmandlar faoliyati bilan tanishish); - madaniyat arboblari hayoti va faoliyati 
bilan tanishtiruvchi joylar; - kartinalar galereyasi, ko‘rgazma zallari, muzeylar, 
rassomlar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va h.k. Adabiy mavzudagi ekskursiya 
xizmatlari odatda quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: - adabiy biografik. Bunday 
ekskursiyalar shoir, yozuvchi, dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi 
(masalan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti» va h.k.). - adabiy 
– tarixiy, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining ma’lum davrini ochib beradi 
(masalan, «XX – asrda Buxoro adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va h.k.). Me’moriy 
– shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi: 
- mazkur shaharning me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - ma’lum tarixiy 
davrning me’moriy yodgorliklarini ko‘rsatuvchi ekskursiya; - bitta me’mor ijodiyoti 
haqida ma’lumot beruvchi ekskursiya; - zamonaviy me’moriy namunalarni 


22 
ko‘rsatuvchi ekskursiya. Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya 
xizmati bir – biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy 
ma’lumotni me’moriyshaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xizmatida ham 
foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalarining elementlarini qariyib 
barcha ekskursiyalarda uchratish mumkin bo‘lib, ekskursiyani o‘tkazish sharoiti, 
shahar yoki hududning resurslariga bog‘liqdir. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra 
ekskursiyalar quyidagilarga bo‘linadi: - kattalar va bolalar uchun; - mahalliy aholi 
va turistlar uchun; - shaharliklar va qishloq aholisi uchun; - guruhli va individual 
bo‘lishi mumkin. Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya 
ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘tkazish 
joyiga ko‘ra: shaharda, shahar tashqarisida, ishlab chiqarish korxonalarida, 
muzeyda, majmuali bo‘lishi mumkin. Harakatlanish vositasiga ko‘ra: piyoda yoki 
turli harakatlanish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlarining 
afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy tezligini ta’minlab, 
ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda qulay sharoit yaratish mumkin. Transportli 
ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida 
ekskursiya ob’ektlarining tahlili(asosiy ob’ektlar) va ob’ektlar oralig‘ida tarixiy 
joylar va yodgorliklar tavsifi bilan bog‘liq hikoyalardan iborat. Ba’zida ekskursiya 
xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham foydalanishadi. Ekskursiya 
xizmati davomiyligi bir akademik soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa 
muddatli turlarni(1 kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham 
deyishadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda tutilishi 
mumkin. O‘tkazilish shakliga ko‘ra ekskursiya xizmatlari quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: - ommaviy ekskursiya. Bunday ekskursiya xizmatlari qatnashuvchilari 
odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alohida gid) bitta marshrut bo‘ylab 
bir vaqtda harakatlanadilar. Bunday ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan 
tomoshalar, folklor bayramlarni o‘z ichiga olishi mumkin; - ekskursiya- sayr. 
Bunday ekskursiya xizmati odatda o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, 
o‘rganish va dam olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi; - ekskursiya-konsert. 
Bunday ekskursiya xizmati musiqali mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida 


23 
musiqali asarlar ham eshitiladi; - ekskursiya-spektakl. Bunday ekskursiya xizmati 
adabiy-badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy adabiyotning 
aniq bir asari bo‘yicha tayyorlanadi va h.k. To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati 
gidning ekskursantlar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy to‘garaklar faoliyati 
uchun asos hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya 
jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan 
“Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning yangilanishi ta’limni tubdan isloh etish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. Tarbiya tushunchasi millat 
tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo‘lib, har 
xil tarzda izohlanib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani 
izohlashda yangi sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror 
topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas 
bog‘liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik 
qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga 
oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni 
ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Tarixdan ko‘pgina allomalarimiz 
tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan. 
“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat 
masalasidir” A. Avloniyning ushbu so‘zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy 
jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining 
predmeti bo‘lajak o‘qituvchitarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak 
fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, 
ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya 
fanining o‘rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya 
jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni 


24 
shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga 
yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat 
bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga 
qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
xususiyatlarini tarkib toptirishning I. TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA. 
MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI 6 jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga 
qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar 
asosida rivojlanadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi 
kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, 
aynipaytda bu o‘qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham 
o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. Shu 
jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda 
ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni 
tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan 
murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. 
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviyaxloqiy 
jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, 
umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni 
intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining 
vazifalari quyidagilardan iborat: ✓ o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik 
darajasini o‘rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish ; ✓ 
tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan 
maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish ; ✓ ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va 
uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish; ✓ tarbiyaviy ishlarning o‘quvchilar ruhiyatiga 
qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
; ✓ tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib 
borishi lozim. 2-§. Axloq-ijtimoiy ong shakli. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum 


25 
xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, 
davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlari va 
shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari 
tizimida namoyon bo‘ladi. Odob - odamning jamoat, el-yurt orasida o‘zini tutish, 
boshqalar bilan qay yo‘sin muomala qilish, o‘z turmushi, maishati va bo‘sh vaqtini 
qanday tashkil etishi, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-
harakatlari qanday bo‘lishi lozim va ma’qul ekanligi xususida bahs etadi. Aniqrog‘i, 
axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob 
shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlari 
tarzida namoyon bo‘ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo‘l tutish 
kerakligini yaxshi o‘ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o‘z 
qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda ana shu odatni 
namoyon qilishini taqozo qiladi. Axloq ilmi 7 yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi 
murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo‘lini 
yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq-odob ham juda 
murakkab olam, desak yanglishmaymiz. Axloqli, odobli komil insonda 
odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahmshafqat, adolat-u 
diyonat, hayoyu iffat, vafoyu sadoqat, himmatu saxovat, imon-e’tiqod kabilar 
mujassam bo‘ladi, Ayni holda shu xislatlarning aksi beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida 
ko‘rinadi. Qadimgi faylasuflar-u donishmandlar axloq-odobga juda katta baho 
berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Asrlar davomida axloq-odob mavzuida 
qanchadanqancha kitoblar, hikmatnomalar, odobnomalar, pandnomalar va 
nasihatnomalar, ibratli hikmatu rivoyatlar yaratilgan. Xalq og‘zaki ijodi xazinalarida 
axloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-
hisobiga, ta’riflab-ta’rifiga yetib bo‘lmaydi. Muqaddas Qur’oni Karimda va 
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy axloqodobning 
barcha qirralari o‘z ifodasini topgan. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri 
insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Imon va 


26 
insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik – yangi ko‘rilayotgan jamiyatning asosiy 
xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-
saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal 
qilishi lozim. Yoshlarni tarbiyalashda sho‘rocha axloq usullaridan voz kechib, 
sharqona va milliy axloqodob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga 
hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi 
fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. Bu vazifalarni amalga oshirish o‘quvchilarning 
jamiyatga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. 
Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri - ongli intizom bo‘lishidir. Ongli intizom kishining 
kundalik 
faoliyatida, 
xulq-atvorida, 
kishilar 
bilan 
aloqasida, 
umumiy 
dunyoqarashida namoyon bo‘ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi 
kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik, 
ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog‘langandir. Ongli 
intizom egasi bo‘lgan kishi o‘z axloqiy burchini to‘g‘ri anglaydi, o‘z xattiharakatlariga 
baho beradi, noto‘g‘ri xatti-harakatni qoralaydi. Intizomli kishi o‘z xulq-atvoriga 
to‘g‘ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat uchun shaxsiy mas’uliyatni his 
etadi. Abdulla Avloniy “Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har 
birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, 
insonlar bir daqiqa yasholmas edilar” deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga, 
fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi 
xulqlarning manbaidir. 8 3-§. Barkamol inson tushunchasi. Haqiqatan ham, bugungi 
kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini 
rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog‘liq. Komil inson O‘zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va 
ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda 
maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim 
ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axlokqy fazilatlar tarkib 
topadi. Ota-onalar o‘z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga 


27 
muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltirish, sadoqat, 
samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning 
bunday insonlar bo‘lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o‘zaro mehr-muhabbati 
ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p 
intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Hadisi shariflardagi 
axloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida 
tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir 
Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning axloq 
haqidagi ko‘plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir 
inson uchun qadr-qimmatini yo‘qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. 
Jumladan, Amir Temur axloqi husniya - yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli 
sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham 
shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. 
Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk 
bobokalonlarimizning axloq, go‘zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan 
yozilgandek tuyuladi. “O‘g‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq 
uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va 
tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni 
qo‘riqlang, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, 
rahbaringiz bo‘lsin”. Ismoil Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning 
pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda 
qolgan bo‘lsang ham zarari yo‘qdir”, – deb yozadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining 
axloq haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular o‘quvchilar qalbida 
insoniylik urug‘larining unib chiqishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishga yordam 
qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf 
Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlarning axloqiy 
qarashlari va qadriyatlardan mustaqil O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, 
o‘quvchilarning axloqiy 9 madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda 


28 
keng foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Abu Ali ibn Sinoning axloq haqidagi 
qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa 
asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Ibn Sino ta’limotiga ko‘ra, odamga do‘st 
tutinishning uch xil yo‘li bor: “Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga 
qaramay, kishi o‘z do‘stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g‘oyaviy yaqinlik va 
dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan chinakam va doimiy do‘stlikni va uchinchidan esa 
kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o‘zining shaxsiy manfaatini qondirish 
ko‘zda tutilgan do‘stlik bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi Ibn Sino. Yusuf Xos Hojib 
“Qutadg‘u bilik” dostonida hokim bilan xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
masalasiga e’tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo‘lsalar, barcha 
fuqarosi boyiydi, olam guliston bo‘ladi. Shuningdek, “Hamma narsaning qoidasi, 
tartibi, ta’limi bor, tartib, odob qoidalarini to‘g‘ri tutsa, kishining yuzi yorug‘ 
bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi. O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik 
qonuniyatlarini, ta’lim tarbiya masalalarini muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan 
bo‘lsalarda, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon 
bo‘liish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat 
kasb etadi. Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan 
bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik pedagogik muammolarni ijobiy hal etishda 
insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb 
aytadi. Forobiy mavjudotni bo‘lishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, 
uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, 
ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, 
ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga 
keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, 
fikri, ruhiy yuksalishyning eng etuk mahsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Abu Rayhon 
Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning 
rivojlanishi haqidagi fikrlar chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida 
yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik tamoyillarini mutafakkirning 


29 
barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. 
Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish tabiatga uygunligini uqtiradi. 
Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti 
bosh masala bo‘lgan. 
Xulosa 


30 
Ekskursiya lotincha “Excursio” – “sayr etish” degan so’zdan olingan bo’lib, 
vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda 
uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya 
esa sinf yoki o’quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir 
formasi bo’lib, “o’rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida 
yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga – ekskursiya” deyiladi. 
Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy fizika 
kurslarida o’tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini o’rganish va 
mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ular maktab dasturida ko’rsatilgan va o’quvchilar 
uchun majburiydir. Tirik tabiat ob’ektlarini va xodisalarini bevosita bilish, tabiiy 
sharoitda o’rganish imkoniyatini beradi. 
Ekskursiyalar o’quv yilining boshida rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Ushbu 
bosqichda ekskursiyaning maqsadlari, uni o’tkazish joyi va vaqti aniqlanadi. 
Ekskursiya mavzulari ham avval o’rganilgan material, ham o’rganiladigan material 
bo’yicha aniqlanishi mumkin. 
Keyingi bosqichda o’qituvchi tashkiliy masalalarni hal qilishi kerak: 
ekskursiya o’tkaziladigan joy, uni moliyalashtirish, ekskursiya o’tkazish uchun 
ruxsatnoma va boshqalar. Shu bilan birga, o’quvchilar oldiga ma’lum ta’lim 
vazifalarini qo’yish, ekskursiya davomida talabalar olishlari kerak bo’lgan savollar, 
javoblar ro’yhatini tuzish kerak. 
Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir. Ekskursiya davomida 
kelgusi dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish uchun har xil tabiiy 
materiallar yig’iladi. 

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish»ning maqsadi va vazifalari

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish