|
Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
|
bet | 37/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATIXulosa o‘rnida:
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
Kompetentlik nazariyasi va uning bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?
Kompetentsiyalar nima?
Kompetentlik nima?
Pedagog kompetentsiyasi haqida nimalar bilasiz?
Kasbiy kompetentsiyaga ta’rif bering.
Jismoniy faoliyatiga oid kompetentsiya turlarini tushuntirib bering.
Professional kompetentlikni tushuntirib bering.
Pedagog professional kompetentligi masalasi bo‘yicha kimlar ilmiy tadqiqotlarni olib borishgan?
Trener-o‘qituvchining autopsixologik kompetentsiyalariga nimalar kiradi?
Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini qanday bilish mumkin?
Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligini qanday farqlash mumkin?
“Kompetentlik zinasi” nima?
“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bolada qanday
kompetentsiyalar shakllanadi?
|
| |