• Pedagogik ijod
  • Pedagogik kreativlik
  • Pedagogik loyihalash madaniyati
  • Pedagogik madaniyatga egalikni ifodalovchi sifatlar
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet53/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    Pedagogik boshqarish – pedagogik jarayonlarni tashkiliy-metodik jihatdan uyushtirish (talabalar faoliyatni boshqarish; talabalar jamoasini boshqarish)
    Pedagogik dunyoqarash – pedagog va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari jarayonining mazmunini, natijalarini belgilovchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi
    Pedagogik ijod – pedagogning kasbiy jarayonni samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan yaratuvchanlik faoliyati Pedagogik intuitsiya (lot. “intueri” – “sinchiklab, diqqat bilan qarash”) – pedagog tomonidan pedagogik voqea- hodisaning mohiyatini, o‘quvchi xatti-harakatlari mazmunini tasavvur, empatiya va orttirilgan tajriba asosida his-tuyg‘u, sezgi yordamida, ziyraklik bilan mantiqiy dalillarsiz bevosita anglash
    Pedagogik kreativlik (lot. “creatio” – “yaratish”) – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
    Pedagogik loyihalash madaniyati – pedagog tomonidan o‘zining ichki imkoniyatlari bilan talab, xohish-istaklarni o‘zaro uyg‘unlashtira olgan holda maqsad, vazifalarni to‘g‘ri belgilay olish, pedagogik jarayonni bosqichlar bo‘yicha rejalashtirish, rejani amalga oshirishda zarur vositalarni tanlab bilish malakasi egalikni tavsiflovchi sifat
    Pedagogik madaniyatga egalikni ifodalovchi sifatlar – o‘qituvchida kasbiy xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko‘nikma, malakalar mavjudligini ifodalovchi sifatlar
    Pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari – o‘qituvchining mutaxassis sifatida kasbiy madaniyati sifatlarini hosil qiluvchi tarkibiy element (unsur)lar (pedagogik loyihalash madaniyati; kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish madaniyati; pedagogik dunyoqarash; fikrlash madaniyati; his etish madaniyati; baholash madaniyati; muloqot madaniyati; tashkilotchilik qobiliyati)


    Download 6,03 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.