• Pedagogik majburiyat
  • Pedagogik mahorat
  • Pedagogik muloqot
  • Pedagogik muloqotning avtoritar uslubi
  • Pedagogning professional kompetentligi va mahorati




    Download 6,03 Mb.
    bet54/58
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,03 Mb.
    #236422
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
    Bog'liq
    2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATI

    Pedagogik madaniyat – 1) pedagogning shaxs va mutaxassis sifatida muayyan xulq-atvor, odob, muomala va xatti-harakat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish darajasi; 2) pedagogning kasbiy vazifalarni hal qilish usul va vositalarini o‘zlashtirganlik, pedagogik bilimdonlik, takt, texnika va madaniyatni namoyon qila olishning yuqori darajasi
    Pedagogik majburiyat – jamiyat tomonidan o‘qituvchi shaxsiga, u tomonidan bir qator pedagogik majburiyatlarning bajarilishiga nisbatan qo‘yiladigan talab va axloqiy yo‘l-qo‘riy, ko‘rsatmalar majmuasi.
    Pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlari – o‘qituvchilarda namoyon bo‘ladigan kasbiy mahorat asosini tashkil etuvchi element (unsur)lar (pedagogik odob, pedagogik bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik muloqot madaniyati, pedagogik relaksatsiya, kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati, pedagogik takt (nazokat), pedagogik texnika, nutq texnikasi, pedagogik ijodkorlik, pedagogik tajriba, pedagogik madaniyat)
    Pedagogik mahorat – 1) o‘qituvchining pedagogik jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub’ektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ko‘nikma-malakasiga egaligi; 2) ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondoshuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur; 3) pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalar majmui
    Pedagogik muloqot – pedagogning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiradigan suhbati
    Pedagogik muloqot madaniyati – pedagogning o‘quvchilar jamoasi, ota- onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati
    Pedagogik muloqotning avtoritar uslubi – pedagogik muloqotda o‘qituvchining mutloq ustunligini ifodalovchi uslub
    Pedagogik muloqotning demokratik uslubi – pedagogik muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligini ifodalovchi uslub

    Download 6,03 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Download 6,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogning professional kompetentligi va mahorati

    Download 6,03 Mb.