|
Pedagogik qobiliyatni rivojlantirish
|
bet | 57/58 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,03 Mb. | | #236422 |
Bog'liq 2.3. PEDAGOGNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGI VA MAHORATIPedagogik qobiliyatni rivojlantirish – faqat pedagoglargagina xos bo‘lgan qobiliyatlarni yanada boyitish va takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitni yaratish
Pedagogik qobiliyat –pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan pedagogga xos xususiyatlar
Pertseptiv-pedagogik qobiliyatlar (lot. “perceptio” – o‘zlashtirish) – shaxsning ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchining psixik holatlarining nozik jihatlarini tushuna olish qobiliyati
Psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish
Relaksopediya (lot. “relaxation” – “quvvatsizlik”, “zaiflashish”, ruhan yoki jismonan holda toyishni bartaraf etish pedagogikasi) – shaxsda ruhiy va jismoniy toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat
Ritmika – ayrim so‘z va bo‘g‘inlarning aytilish muddati va to‘xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishi
Ritm (yunon. “rhythmos” < “rjeo” – “oqaman”) – nutqda tovushlarning muayyan izchillik, ketma-ketlikda asosida takrorlanib kelishi, ya’ni nutq vaznini ifodalovchi muhim xususiyat
Ruhiy barqarorlik – ruhiy-hissiy holat (ta’sirlanish)larning davomiyligi va barqarorlik darajasi
Tashkilotchilik qobiliyati – pedagog tomonidan ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy-nazariy, metodik va hissiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini anglatuvchi sifat
Tembr (fr. “timbre” – “qo‘ng‘iroq”, “belgi”, “tamg‘a”, “farqlovchi belgi”) – tovushning tovlanishi (tovush rangdorligi, yorqinligi, yumshoqligi va alohidaligi)ni ifodalovchi xususiyat
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish
|
| |