“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
123
ZAMONAVIY TA’LIM MUHITIDA ELEKTRON TA’LIM
RESURSLARINING О‘RNI
Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
«Informatika» kafedrasi dotsenti, S.Q.Tursunov
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Ta’limda axborot texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Saidkarimxonova Dilnozaxon Saidazizxon qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim muhitida elektron ta’lim
resurslarining o’rni va ahamiyati, ularning turlari keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy ta’lim muhiti,
elektron ta’lim resurslari,
metadata,
elektron oʻquv qoʻllanma, elektron darslik, elektron nashr, elektron ma’lumotnoma,
elektron uslubiy qo’llanma.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari shu qadar shiddat bilan
rivojlanmoqdaki,
hayotimiz, turmush tarzimizni osonlashtirish uchun texnika va
texnologiyalarning takomillashuvi buning yaqqol dalilidir. Har bir soniyadagi ilmiy
yangiliklar, jamiyatning raqamlashib borishi har bir sohaga o’z ta’sirini
ko’rsatmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimi uchun shu qadar ko’p imkoniyatlar mavjudki,
ularni targ’ib qilish ta’lim sifatini faqat yuqori darajalarga olib kelmoqda.
Yangi axborot texnologiyalari zamonaviy ta’lim muhitini rivojlantirishga ta’sir
qiluvchi eng kuchli omildir. Zamonaviy ta’lim
bugungi kunning asosiy
tushunchasiga aylanib bormoqda.
Ta’lim tizimi so’nggi 10 yillikda keskin o’zgardi: endi faqatgina “mashq
bajarish” yoki “sahnada donishmand” o’qitish uslublari ortda qolib,
zamonaviy
ta’lim muhiti yuzaga keldi. Endi faqat yodlash emas,
yuqori darajadagi fikrlash,
tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish kabi kelajakka tayyor ko'nikmalarga