“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
125
tayyorlangan nashr. O‘quv maqsadli elektron vositalarni
yaratish mutaxassis
tomonidan amalga oshiriladi, ammo undan samarali foydalanish pedagog tomonidan
amalga oshiriladi.
Elektron darslik
– bu an’anaviy darslikdan farqli o‘laroq, fanga oid tegishli
materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini
jalb qiluvchi turli
ranglardan, multimedia,
audio va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli
foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter
texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim
olishga
hamda fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan adabiyot.
Elektron nashr
– bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto
va boshqa axborot obyektlari majmuasidan iborat bo‘lib, ular elektron axborot
tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog‘i orqali taqdim etishga mo‘ljallangan.
Elektron ta'lim resurslari zamonaviy axborot texnlogiyalari muhitida o'qitishning
didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topadi. Elektron ta'lim
resurslari an'anaviy majmualaridan farqliroq, o'qitishning kompyuter va an'anaviy
texnologiyalari birligi sifatida namoyon bo'ladi.