|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
| bet | 111/275 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,71 Mb. | | #228485 |
Bog'liq 20-5-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
124
ega inson qilib tarbiyalash ustuvor vazifaga aylandi. Zamonaviy ta’lim muhiti ta'lim
tizimining barcha elementlarini o'zida mujassam etgan va o'quv jarayonining turli
mexanizmlari va vositalarini birlashtirish imkonini beradi. Odatda, zamonaviy
o'quv muhiti uchta asosiy elementni o'z ichiga oladi:
-Raqamli qurilmalar (noutbuklar, planshetlar yoki smartfonlar);
-Audiovizual vositalar (jumladan, proyektorlar va sensorli displeylar);
-Talabalarga turli vaqtlarda turli yo'llar bilan o'rganish imkonini beruvchi
maqsadli mebel (masalan, tik turgan stollar, hamkorlikdagi ish stansiyalari va
ulangan o'rindiqlar).
Zamonaviy ta’lim muhiti bugun kundan kunga rivojlanib o’z ta’sir doirasini
kuchaytirmoqda. Shu sababli, yurtimizda ham bosqichma bosqich uning
elementlarini ko’rish mumkin. Har bir ta’lim bosqichi o’ziga xos yondashuvga ega
bo’lib, yuqoridagi elementlar asosida ta’limni tashkil qilish bir qator pedagogik
dasturiy vositalarni hamda ta’limiy resurslarni talab qiladi. Jumladan, elektron
ta’lim resurslari buning yaqqol dalilidir.
Elektron ta’lim resursi
- raqamli shaklda taqdim etilgan tuzilmani, mavzu
mazmunini va ular haqidagi metama'lumotlarni o'z ichiga oladi. ETR o'quv
jarayonida foydalanish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar va dasturiy ta'minotni o'z
ichiga olishi mumkin. Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo‘yicha
yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma, elektron ko’rsatmalar, elektron
ma’lumotnomalar, lug’atlar, virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa
elektron nashrlar majmuasidir.
|
| |