“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
126
Elektron uslubiy qo‘llanma
– bu ta’lim – tarbiya
jarayonidagi pedagogik
tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy
faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo‘ljallangan nashr.
Elektron ma’lumotnoma
foydalanuvchiga zarur
vaqtda kerakli axborotni
kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma
terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv
hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi
keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning
mavjudligi
ixtiyoriy OTM uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Elektron ta'lim resurslari asosida o'quv jarayonini tashkil etishda multimedia
texnologiyalarining qo'llanilishi ta'lim oluvchilarga o'qishga
qiziqishni yanada
orttiradi,
ta'limning
interaktiv
xususiyati
asosida
qo'llanilishi
ta'lim
oluvchilarlarning fikrlash qobilyatini rivojlantiradi va o'quv materiallarini
o'zlashtirilishining samaradorligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda elektron ta'lim
resurslari real hayotlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo'lgan
jarayonlarni modellashtirish va kuzatish imkoniyatini beradi.
Elektron ta'lim resurslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• matnning elektron versiyasi;
• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
• grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud
darsliklar.
Elektron ta’lim resursi o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini
belgilovchi
funksional xususiyatiga ko’ra; maqsadiga ko’ra; taqdim etiluvchi axborot
xarakteriga ko’ra; matnning tashkil etilishiga ko’ra; ifoda etilish shakliga ko’ra
farqlanadi.Zamonaviy elektron ta’lim resursi –video
va audio materiallar bilan
boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli
shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.