“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
101
Badminton o‘yini boshqa sport o‘yinlari qatori juda serharakat o‘yin,shuning
bilan birga u kam shikastlidir. Badminton mashg‘ulotlari
davomida bolalarda
epchillik,
chidamlilik,
egiluvchanlik, tezlik, kuch ko‘rsatkichlari
kabi jismoniy
sifatlar shakllanadi.
Badminton - bu turli harakatlar va kombinatsiyalarga to‘la raketka va volan
yordamida o‘ynaladigan sport o‘yini.
Badminton olimpiya sport turi sifatida tan olingan va 1992 yildan buyon yozgi
olimpiya o‘yinlar dasturiga kiritilgan. Hozir dunyoda ushbu sport turining 100
milliondan ortiq muxlislari mavjud. U jismoniy sifatlarni rivojlantirishning mavjud
vositalarini,
masalan:
kuch,
tezlik,
chaqqonlik,
diqqat,
harakatlarni
muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Badminton nimasi bilan bolalar uchun yaxshi va qiziqarli o‘yin?
Badminton o‘ynashni
nafaqat kattalar, balki bolalar ham yaxshi ko‘radilar.
Agar farzandingiz ushbu sport turiga qiziqish bildirgan bo‘lsa,
uni badminton
o‘ynashni o‘rgatish uchun shoshiling, chunki badminton juda ko‘p afzalliklarga ega.