“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
104
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Fizika fanini oʻqitish yurtimiz fuqarolarni
hayotga va ishlab chiqarish
sohalarida rivojlanib borayotgan sharoitda kasb tanlashga yoʻnaltiruvchi hamda
Vatanimizning fan va texnika sohasida dunyoning rivojlangan
davlatlari qatorida
boʻlishini taʼminlaydi. Fizika va astronomiya fanlarini samarali oʻqitishda quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
-taʼlim tizimida pedagogik innovatsion klasterini joriy etish orqali izchil
-fizika fanini oʻqitish tizimini yaratish;
-fizika fanining oʻquv metodik taʼminotini rivojlantirish;
-fizika fanining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, zamonaviy
-texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
-fizika taʼlimi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
-joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
-malaka talablarini, shuningdek yangilangan taʼlim
standartlarini joriy etish
uchun egallanadigan koʻnikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
-fanning mazmuni, oʻziga xos xususiyatlari,
malaka talablari va
shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab
chiqish;
-oʻquvchilarda
loyihalash
va oʻquv-tadqiqot ishlari madaniyatini
shakllantirish;
-oʻquvchilarning loyiha va oʻquv-tadqiqot ishlari natijalariga koʻra
iqtidorli
oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish boʻyicha tanlovlar tashkil qilish.
Natijalar:
Fizika taʼlimining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish
sohalarida va kundalik hayotda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Yer yuzida aholining
iqtisodiyotini taʼminlash uchun yangidan-yangi gʻoyalar va ixtirolarni amaliyotga
tadqiq etib, ishlab chiqarish texnologiyalarining
yanada sermahsul, energiyaviy
tejamkor va zamonaviy shakllari yaratilmoqda. Bu iqtisodiy
talablarni bajarish