“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
100
BADMINTON BOLALAR UCHUN QIZIQARLI O‘YIN
Mansurova Sanobar Axmadovna
Toshkent shahar Olmazor tumani 249- maktabi
jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi
Annototsiya
: Badmintonning
rivojlanish tarixi, badmintonni paydo bo‘lishi,
badminton o‘yini qadimgi o‘yinlardan biri bo‘lib, uning paydo bo‘lishida xar-xil
taxminlar mavjud.
Ushbu maqolada, badminton o’yini jismoniy sifatlarni
rivojlantirishning
mavjud vositalarini, masalan: kuch, tezlik, chaqqonlik, diqqat,
harakatlarni muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘z:
badminton
, bolalar,
jismoniy faollik,
kuch, tezlik, chaqqonlik,
diqqat, harakatlarni muvofiqlashtirish
, jismoniy fazilatlar.
Kirish:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 11.03.2020 yil
143-son “O‘zbekiston Respublikasida badminton sport
turini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Respublikada badminton sport turini yanada keng rivojlantirish,
aholi
keng qatlamlarini, xususan, yoshlarni badminton sport turi bilan muntazam
shug‘ullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, yuqori
malakali trener kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, mavjud moddiy-texnika
bazadan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qarorida belgilab
qo‘yilgan.