|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
|
bet | 112/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
115
Sh.G‘oibovaning nomzodlik dissertatsiyasida Fitratning falsafiy qarashlarini hamda
millatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tahlil qilgan.
Pedagog olima D.Axatova “Abdurauf Fitratning ma’rifiy-pedagogik qarashlari”
mavzusidagi tadqiqot ishida ma’rifatparvarning pedagogik g‘oyalari va uni
ahamiyatini batafsil yoritgan.[3.88] Muallifning ta’kidlashicha, Fitrat “Rahbari najot”
asarining “Bola tarbiyasi masalalari” bobida bolalarga turli tarbiya berish va ularni
amalga oshirish to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilgan. Aniqrog‘i, dunyo
kurash maydoniga o‘xshaydi. Bu kurashda g‘olib chiqish uchun uch o‘lchov quroliga
ega bo‘lish kerak: 1. Salomatlik. 2. Sog‘lom fikr. 3.Axloqiy sano. Bu uchta qurol
uchun tarbiya orqali, ya’ni 1. Jismoniy tarbiya (salomatlik). 2. Aqliy tarbiya (fikr
tarbiyasi). 3. Axloqiy tarbiya orqali shakllantiriladi. Har bir kishi uch quroldan birisiz
maydonga kirsa, albatta, mag‘lub bo‘lishi tabiiydir. Shu bois, uch tarbiyani doimo
birgalikda olib borish lozimligi uqtiriladi.
Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlarida shaxsning shakllanishida jismoniy
tarbiyaning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Uning fikricha, inson uzoq yashashi va
baxtli hayot kechirishi uchun butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo‘lishi lozim. Bola
jismonan sog‘lom bo‘lsa, uning ilm o‘rganishi va o‘qishi ham oson kechadi. Fitrat
jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi qarashlarida quyidagilarni asoslab bergan:
Bola tarbiyasini u tug‘ilmasdan burun ona qornidayoq boshlashni
zaruriyatini;
Bolaning jismonan sog‘lom bo‘lishida to‘g‘ri ovqatlanish va toza havoda
bo‘lishining ahamiyatini;
Turli harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlarning jimoniy tarbiyadagi
ahamiyatini;
Harakatli o‘yinlarning bola aql-farosati va ilmining rivojlanishiga ta’siri;
Harakatli o‘yinlarning bola axloqiy tarbiyasiga ta’siri;
Tozalik va pokizalik (shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish)ning
jismoniy tarbiyadagi ahamiyati;
Salomatlik uchun kurash dinning ham talabi ekanligi;
XULOSA
Bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ma’rifatparvarning jismoniy tarbiya
to‘g‘risidagi ushbu g‘oyalarini ta’lim tizimida oqilona foydalanishdan iborat. Shu bois.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish kurslarida o‘qitilayotgan “Umumkasbiy tayyorgarlik” blokidagi “Trener-
o‘qituvchining professional kompetentligi va mahorati”, “Sport ta’limida innovatsion
pedagogik texnologiyalar”, “Bolalarda morfofunktsional o‘zgarishlar”, “Bolalar
psixologiyasi” kabi o‘quv modullarida Fitratning jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikr-
|
| |