|
Pedagogs international research journal Pdf ko'rish
|
bet | 134/194 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,34 Mb. | | #121843 |
Bog'liq 98-71-PBBukib tikiladigan yeng
Bukib tikiladigan yeng uchlari andoza yordamida yoki andozasiz burmalanadi.
Bunda yengning qiyama qirqimida chok haqiga 1,2-1,5 sm chiqarib, yeng uzunligi
o’lchab olinadi. Shu uzunlikda yeng uchini bukish chizig’i belgilanadi, yeng uchidagi
notekis joylar burlab olinadi va qirqib tashlanadi. Yeng uchi qirqimi teskariga 0,7-1,0
sm bukiladi va bukish chizig’i bo’ylab yana bukib, bukilgan ziyidan 0,1-0,2 sm
kenglikda universal mashinada bostirib tikiladi yoki yeng qirqimi yopiq qirqimli qilib
maxsus buklagich yordamida bukib tikiladi. Ipak yoki jun gazlamalardan tikiladigan
kiyimlarning yeng uchi yopiq qirqimli qilib bukiladi va yashirin bahyali mashinada
bukib tikiladi yoki qo’lda yashirin qaviqlar bilan tikiladi. Qalin materialdan tikiladigan
yenglarning qirqimlari oldin maxsus mashinada yo’rmalanadi keyin belgi chiziq
bo’ylab bukiladi va maxsus yashirin bahyali mashinada tikiladi yoki yashirin qaviqlar
bilan qo’lda gir aylantirib tikiladi yoki har 3-4 sm oraliqda ba’zi joylari chatib
qo’yiladi. Yeng uchi qaytarmali bo’lsa yeng uchini belgilashda shu belgi chiziq
qaytarma kengligidan ikki barobar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng
qirqimi teskariga belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan kuklanadi yoki
ko’klamay maxsus ignalar bilan qadam qo’yiladi. Bukish haqining ochiq qirqimi 0,5-
0,7 sm kenglikda teskariga bukiladi va bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm kenglikda yengga
bostirib tikiladi. Qalin gazlamalardan tikiladigan yeng uchining qirqimi oldin maxsus
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
|
| |