legal, medical, social, scientific journal
Volume-26
,
Issue-2
,
January–2023
IN ALL AREAS
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
4
«BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INDIVIDUALLASHTIRILGAN
O‘QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA
SAMARADORLIGINI OSHIRISH»
Namangan viloyati Namangan tumani,
23-DIUM Boshlang'ich sinf o'qituvchilari
Rahmonova Yulduzxon Yoqubovna
Xasanova Gulchehra Odiljon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada “Boshlang‘ich ta’limda individuallashtirilgan
o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshrish“ to‘g‘risida so‘z
boradi. Chunki, o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash
– zamonaviy o‘quv jarayonida jadallashib borayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning
talabidir. Bu borada individual o‘qitish texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Unda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o‘qitish
yo‘llari, usullari tanlanadi va turli o‘quv-uslubiy, psixologik, pedagogik hamda
tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali amalga oshiriladi.
Kalit so’zlar: individual, individual yondashish, treningni individuallashtirish,
ijodiy rolli o‘yinlar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar, mualliflik
texnologiyasi, shaxsga e’tibor qaratish asosidagi pedagogik texnologiya, o‘qitishni
intensifikatsiyalash yoki jadallashtirish texnologiyasi, o‘qitishni differensiallashtirish,
o‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi, dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi.
Ta’limning globallashuvi, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalarining samarali qo‘llanilayotgani ta’lim muassasalarida, xususan
boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda.Zamonaviy ta’lim
jarayonining faol sub’yektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi
faoliyatlari muayyan mavzu doirasida nazariy va amaliy bilimlarni puxta
o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratadi. Ertangi kuniga befarq bo‘lmagan, yorug‘ va
farovon kelajakni yosh avlod istiqbolida ko‘rgan millat ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor
qaratadi. Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa o‘quvchi dunyoqarashi, tafakkur doirasi
shunchalik takomillashadi va rivojlanadi. Shu bois uzluksiz ta’lim tizimining muhim
bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limga qo‘yilayotgan davlat talablariga muvofiq,
o‘quv-tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm-fanning so‘ngi yutuqlarini
amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikr
yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi hamda javobgarligini his
etadigan shaxsni kamolga yetkazish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda
tutiladi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni va undan ko‘zlangan
|