|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
7
sohasidagi islohotlar samarali omillaridan keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon
qatnashchilari
orasida
ongli
hamkorlik
munosabatlarini
yo‘lga
qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni
taqozo qiladi. Bu xayrli ishga Respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi
qudrat o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar. Masalan, R.J.Ishmuhamedov ishlarida: klaster
(tarmoqlar), 3x4,blits-o‘yin metodlari; intervyu, iyerarxiya, muloqot, boshqaruv,
bumerang texnikasi; talaba,o‘qituvchi shaxsi treningi; murakkab vazifalarni qo‘llash,
aqliy hujum, skarabey, veyer,FSMU, sinektik muammoli o‘qitish, ijodiy masalalarni
hal qilish, tarozi, yelpig‘ich,individual o‘qitish, mualliflik texnologiyalarining
mohiyati, ularning qo‘llanish hollari
yoritilgan.N.Sayidahmedovning umumiy tahriri ostida nashr ettirilgan “Yangi pedagog
texnologiya: tahlil, ta’rif, mulohazalar” (o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar) nomli
ishda: yozma bahslar, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, ajurli arra, 6x6x6,
qarorlar shajarasi, rolli o‘yin, bahs-munozara, o‘zing uchun qulay joy tanla kabi
metodlaridan foydalanish bayon etilgan.
N.N.Azizxo‘jayevaning “Pedagogik texnologiya va pedagogi mahorat” (barcha
mutaxassislik magistratura yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanma) nomli ishida
muammoli o‘qitish texnologiyasi, o‘yin texnologiyasi, tanqidiy fikrlashni
rivojlantiruvchi metodlar, mualliflik texnologiyasi, shaxsga e’tibor qaratish asosidagi
pedagogik texnologiya, o‘qitishni intensifikatsiyalash yoki jadallashtirish
texnologiyasi, o‘quv jarayoninin samarali boshqarish va tashkil etish asosidagi
pedagogik
texnologiyalar,
o‘qitishni
differensiallashtirish,
o‘qitishni
individuallashtirish texnologiyasi,dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi kabilar
yoritilgan.J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonovlar: klassik ma’ruza, texnik vositalar
yordamida o‘qitish, maslahatchilik tizimi, darslik bo‘yicha o‘qitish, kichik guruhlar
tizimi, kompyuter yordamida o‘qitish, repititorlik tizimi, dasturlashtiriladigan
boshqaruv, avtoritar, didaktik yo‘naltirilgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan, antropologik
yo‘naltirilgan, pedagogik yo‘naltirilgan,shaxsga yo‘naltirilgan, insonparvarlikka va
shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik texnologiyalariga yo‘naltirilgan, erkin tarbiyaga
yo‘naltirilgan, ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan, dogmatik, reproduktiv
metod; tushuntirish, ko‘rgazmali; rivojlantiruvchi ta’lim; muammoli, izlanishli; ijodiy
metod; dasturlashtirilgan ta’lim metodi; dialogli metod; o‘yin metodi; o‘z-o‘zini
rivojlantiruvchi ta’lim metodi; axborotli (kompyuterli) metodi;hozirgi an’anaviy
ta’lim; shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;
o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogi
texnologiyalar, o‘quv jaryonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi
pedagogik texnologiyalar; materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash
asosidagi pedagogik texnologiyalar; xususiy fan pedagogik texnologiyalari; alternativ
texnologiyalar; tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar; rivojlantiruvchi ta’lim
|
| |