—
yuqori malakali mutaxassislarning xizmat vazifalari va lavozimda o’sishlari
ta’minlanganligidan qoniqish hosil qilishlari natijasida ular o’rtasida qo’nimsizlikni kamaytirish;
—
personal bilan korxona faoliyati muvofikdashtirilishi natijasida mehnat unumdorligining
o’sishi.
Kar’era dinamikasi xodimning korxona yoki tashkilot xizmat vazifalari, lavozimlari pillapoyalaridan
bosqichma-bosqich ko’tarilishini, bu dinamika sur’atini ifodalaydi. Bunda xizmat vazifasi va
lavozimga ko’nikish hamda uni egallash uchun odatda uch yil talab qilinishi mezon sifatida belgilab
qo’yiladi.
Personal xizmat vazifasi yoki lavozimda besh yil bo’lganidan so’ng esa uning mehnat faoliyati
samaradorligida pasayish kuzatiladi. Shuning uchun dinamik kar’era deyilganda xodim, aksariyat
hollarda xar bir xizmat vazifasi yoki lavozimda 3—5 yil davomida bo’lishi tushuniladi.
Personal kar’erasini o’sishini boshqarish jarayoni (11.8-rasm) mantiqan bir-biri bilan bog’likdir.
Umuman olganda xodimning kar’erasi ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanadi. Xodim ishlab
chiqarish jarayonida xizmat vazifasida yoki lavozimda ko’tarilar ekan, yangi texnika va
texnologiyalarni, ishlab chiqarish usullarini, xizmat va lavozim vazifalarini, menejmentni, o’z
ijtimoiy rolini va hokazolarni egallaydi.