vazifasi va lavozimga ko’nikish hamda uni egallash uchun odatda uch
yil talab qilinishi mezon
sifatida belgilab qo’yiladi.
Personal xizmat vazifasi yoki lavozimda besh yil bo’lganidan so’ng esa uning mehnat faoliyati
samaradorligida pasayish kuzatiladi. Shuning uchun dinamik kar’era deyilganda xodim, aksariyat
hollarda xar bir xizmat vazifasi yoki lavozimda 3—5 yil davomida bo’lishi tushuniladi.
Personal kar’erasini o’sishini boshqarish jarayoni (11.8-rasm) mantiqan bir-biri bilan bog’likdir.
Umuman olganda xodimning kar’erasi ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanadi. Xodim ishlab
chiqarish jarayonida xizmat vazifasida yoki lavozimda ko’tarilar ekan,
yangi texnika va
texnologiyalarni, ishlab chiqarish usullarini,
xizmat va lavozim vazifalarini, menejmentni, o’z
ijtimoiy rolini va hokazolarni egallaydi.