Persanalni boshqarishda mativatsiya tushunchasi




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

63. Persanalni boshqarishda mativatsiya tushunchasi 
Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko’ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki 
ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir. 
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: 
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir. 
S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi. 
S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir". 
A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo’nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo’zg’atadigan voqelik 
deb hisoblaydi. 
Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab. 


Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) murakkab ko’p qirrali 
boshqaruvchisi deb qaraladi. 
Motivatsiya - insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida 
ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, 
normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. 
Motivatsiya - murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, u o’zini 
mayllar, maqsadlar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, 
boshqarib turadi. 
Motivatsiya - odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmuidir. 
V.S.Merlin motivlar tizimlarining ayrim jihatlarini ancha batafsil yoritib bergan. 
U motivlar tizimlarining shakllanish jarayonini quyidagicha tasavvur etadi: "turli motivlar bora-bora 
o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe bo’lib boradi hamda oxir oqibatda motivlarning yaxlit tizimi 
vujudga keladi". V.S.Merlin fikricha, motivlar tizimining shakllanishi jarayonida nafaqat motivlar 
barqarorligi, balki motivlarni anglash kabi shartlar bajarilishini talab etiladi. Demak, V.S.Merlin 
bo’yicha motivlari tizimlari o’zaro bog’liq va bir-biriga tobe shaxs motivlarining bir butun 
yig’indisidan iborat. Ammo V.S.Merlin garchi motivlar tizimlarining ayrimlarini haqiqatdan ham 
muhim jihatlarini ko’rsatib o’tgan bo’lsa ham, motivlar o’rtasidagi tizimli munosabatlarni motivlar 
tizimlari va faoliyat ko’rsatish muammosini tadqiq etmagan. 
Chet el psixologlari orasida A.Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi bilan mashhurdir. O’z 
nazariyasida A.Maslou ehtiyojlarning quyidagi ierarxik qatorini ajratadi: fiziologik ehtiyojlar, 
xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj, muhabbat va boshqalar bilan bog’liq bo’lish ehtiyoji, hurmatga bo’lgan 
ehtiyoj, insonning o’z yashirin imkoniyatlarini to’laro namoyon etish va ro’yobga chiqarish ehtiyoji 
va boshqalarni kiritadi. A.Maslou fikricha, muayyan ehtiyojning qondirilishi uchun avval ierarxik 
qatorda undan oldingi ehtiyoj qondirilgan bo’lishi talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, A.Maslou 
konsepsiyasida ierarxiyada yuqori o’rinni egallovchi ehtiyojlar quyi o’rindagi ehtiyojlarga tobedir. 
A.Maslou konsepsiyasida motivasion jarayonlar boshqaruvida odam ongining ishtiroki, 
boshqaruvdagi roli e'tiborsiz qoldirilgan. Olim ehtiyojlar ierarxiyasidagi vertikal munosabatlarni 
tahlil 
qilib, bir darajada joylashgan ehtiyojlar orasidagi gorizantal munosabatlar esa o’rganilmagan. 
Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari 
borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga 
xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. 
Xorij psixologlaridan neofreydistlar hisoblanmish A.Adler, K.Yung kabilar tomonidan ilgari 
surilgan motiv va motivatsiya borasidagi nazariyalarga asosiy e'tiborni qaratamiz. A.Adlerning 
fikricha, insonni harakatga undovchi asosiy kuch uning faoliyati maqsadini aniqlovchi, ularga 
erishish yo’llari manbai hisoblanadi. Xornining ta'kidlashicha, inson xulqi motivatsiyasini boshqa 
motivlar yordamida aniqlash mumkin. Jumladan, birlamchi bezovtalanish atrof-muhitga nisbatan 
dushmanlik hissini tug’diradi, xavfsizlikka ehtiyoj esa insonni boshqa odamlar tomonidan baholash 
va o’z-o’zini baholashga nisbatan ichki intilishini vujudga keltiradi. E.Fromm ham o’z qarashlarida 
libido masalasiga katta e'tibor bermaydi, chunki uni qiziqtirgan muammo inson xulqi jabhalarida 
ijtimoiy va psixologik omillarning o’zaro ta'sir o’tkazish jarayonidir. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Persanalni boshqarishda mativatsiya tushunchasi

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish