Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

2. 

Personalni boshqarish” fanining mohiyati, predmeti va asosiy vazifalari 
«Personalni boshqarish» fanining predmeti-- korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlash va ishlovchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq ta’sir 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir. 
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda personalni boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay 
biladigan darajadagi ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan 
ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi personalni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy 
professional bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
Ya’ni, «Personalni boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va 
tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy masalalar tizimini; 
tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonlaridan iborat. 
Ushbu «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturda nazariy faoliyatda 
uchraydigan muammolarning mazmun mohiyati ochib berilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. 
«Personalni boshqarish» fani o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilar ekan, bir qator ijtimoiy
iqtisodiy, huquqiy fanlar tajribasi va nazariyasiga tayanadi. Shu jihatdan, u «Falsafa», «Iqtisodiyot 
nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi», «Mehnat huquqi» kabi fanlar bilan 
uzviy bog‘liqdir. 
«Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy 
shakllanishi, mehnat jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati sifatida namoyon 
bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi 
kabi muammolarni birgalikda o‘rganadi. «Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani 
bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni 
kamaytirish yo‘nalishlari, mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi 
masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal etadi. 


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatishi, muvaffaqiyatli 
raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi
malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, mas’uliyati kabi juda ko’pg’ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etishi amaliy isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus 
shug’ullanuvchi „Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda. 
G’arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida “Personalni boshqarish” ko’proq “menejment” 
atamasi bilan nomlanadi. 

Download 1,04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish