Ishchi kuchi sifatini oshirishning moxiyati




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

15. Ishchi kuchi sifatini oshirishning moxiyati 
Ishchi kuchi sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga layoqatini shakllantirish va 
rivojlantirish yuzasidan shaxs va jamiyat, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hamda 
ushbu munosabatlarning ishlab chiqarish faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi. 
Mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari muayyan tarkibni tashkil etadi. 
Quyidagilar bu tarkib bo‘laklaridir: 
— qiziqish (motivatsiya)3 xususiyatlari
— kasbiy-malaka xususiyatlari; 
— aqliy (intellektual) xususiyatlar; 
— nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib bevosita 
ishchi kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga 
nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, AQSHning «Motogolla» korporatsiyasi 
mutaxassislar va menejerlar tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun o‘quv markazlari keng 
tarmog‘i bilan birgalikda o‘z texnika universitetiga ham ega. So‘nggi o‘n yil ichida korporatsiyaning 
kadrlar tayyorlash uchun sarf xarajatlari 7 milliondan 120 million dollarga yetdi. 
Germaniyada ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir 
marta turli kurslarda o‘z malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy tashkilotchilari 
korxonalardir. Ular xodimlar malakasini oshirish uchun xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z 
mablag‘lari hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular o‘zlarining o‘quv markazlaridan, shuningdek, 
boshqa kompaniya va firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan o‘quv markazlaridan foydalanadilar. 
Germaniyaning «Siemens» elektrotexnika konserni 82 ming nafar xodimni jalb etish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan 8 mingta malaka oshirish dasturlariga ega. 


Fransiyada 1984-yildayoq, «Davlat va firmalar o‘zidagi kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Bu yerda personalni tayyorlash 
strategiyasini ishlab chiqishda firmalarning ishlab chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb 
etilgan. 
AQSHda ham, 1982-yilda «Kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etishda mahalliy 
hokimiyat organlarining korporatsiyalar bilan sherikligi to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. 
Umuman, hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Globallashuv, jahon bozoridagi o‘ta keskin raqobat personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini 
talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega ishchilar AQSHda jami ishchilarning 
45, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etmoqda. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishchi kuchi sifatini oshirishning moxiyati

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish