Ishga yollashning zamonaviy shakllari nimalardan iborat




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

17. Ishga yollashning zamonaviy shakllari nimalardan iborat. 
Ishga yollashning zamonaviy shakllari quyidagilardan iboratdir: 
Bandlikka ko‘maklashish markazlarida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etish; 
ommaviy axborot vositalari orqali reklama e’lonlari berish; 
ta’lim muassasalarini tugallaganlarni ishga jalb qilish; 
bevosita korxona (tashkilot)ga ish so‘rab murojaat etganlarni tanlab olish; 
o‘z personalini qo‘shimcha ixtisoslik (hunar)ga o‘qitish; 
— korxona (tashkilot)da xizmat topshiriqlarini xodimlar o‘rtasida qayta taqsimlash. 
Ishga yollashning umumiy manbai aholidir. 
Korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlashda bu manbalarning roli 6.1- rasmdan ko‘rinib turibdi. 
Ishga yollashning faol va passiv turlari ham mavjuddir. 


Mehnat bozorida ishchi kuchiga, ayniqsa malakali ishchi kuchiga talab taklifdan yuqori bo‘lsa faol 
usullar qo‘llaniladi. Bu holda tashkilot ishchi kuchi vazifasini o‘tashi mumkinlarni hamkorlik qilishga 
qiziqtirish maqsadida ular bilan aloqa o‘rnatadilar. Odatda, bu asosan ta’lim muassasalari, bandlikka 
ko‘maklashish markazi va bandlik xizmatlari bilan qalin hamkorlikda ish olib borishni taqozo etadi. 
Personalga ehtiyojni qondirishning passiv usuli, aksincha, mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining 
kattaligi bilan izohlanadi. Bu holda ommaviy axborot vositalari orqali bo‘sh ish joylari to‘g‘risida 
e’lonlar beriladi. SHuningdek, bo‘sh ish joylarini tashkilotdagi mavjud xodimlar hisobiga to‘ldirish 
chora-tadbirlari ham ko‘riladi. 
Ishga yollashda personal lizingidan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunda vaqtinchalik ish 
joylariga kadrlar boshqa firmalardan ijaraga olinadi. Personal lizingida xodim va ish beruvchi 
o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. 
Mazkur mehnat munosabatlarida vositachi firmalarning asosiy vazifasi korxona va tashkilotlarni 
shartnoma asosida vaqtincha xodimlar bilan ta’minlashdir. Vositachi firma xizmatidan 
foydalanadigan korxona xodim ish haqi va vositachi xizmati haqidan iborat muayyan pulni to‘laydi. 
Lizingga olingan xodim bajargan ishi uchun haqni vositachi firmadan oladi. Vositachi xodimning 
malakasi, intizomliligi va ish sifati uchun mas’ul hisoblanadi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ishga yollashning zamonaviy shakllari nimalardan iborat

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish