etish hamda boshqaruv usullri, metodlari va tamoyillaridan samarali foydalanishdan iborat kasbiy
texnika darajasi.
28. Kasbga xodimlarni tayyorlashda sinov muddati
Maʼlumki, 2022-yil 28-oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Oʼzbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi OʼRQ-798 sonli Qonuni imzoladi va
2023-yil 30-aprel kuni yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi rasman kuchga kirdi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi 2 qism, 7 boʼlim, 34 ta bob va 581 moddani oʼz ichiga
olgan.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi eskisiga nisbatan 19 ta bobga va 287 ta moddaga koʼpaygan.
Xoʼsh xodimni ishga qabul qilish jarayonida dastlabki sinov muddatini belgilash nima uchun kerak?.
Mufassalroq
qilib aytganda,dastlabki sinov muddatini belgilash oʼz navbatida, tayinlanayotgan
lavozim boʼyicha xodimni sinob koʼrish uchun ish beruvchi uchun qulay boʼlgan ishga qabul qilish
shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi Mehnat kodeksida ham eski tahrirdagi Mehnat kodeksidagi kabi dastlabki sinov muddatlarini
belgilash bilan bogʼliq bir qator normalar oʼrin olgan.
Biroq,yangi Mehnat kodeksida eskisidan bir qator farqli jihatlari ham mavjud.
Xususan, yangi Mehnat kodeksida xodimni ishga qabul qilish chogʼida dastlbki sinov muddatlarini
belgilovchi 129,130,131 hamda 132-moddalardan iborat maxsus 4ta huquqiy norma belgilangan.
Biroq, Mehnat kodeksining 129-moddasiga asosan ayrim toifa xodimlarni
ishga qabul qilish
jarayonida dastlabki sinov belgilanmasligi ham koʼrsatib oʼtilgan.
Unga koʼra,quyidagilarga ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi:
Xususan,uch yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz oʼzi tarbiyalayotgan ota(vasiy);
-davlat grantlari asosida oʼqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran uch oy
ichida yoʼllanma boʼyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarini
bitiruvchilari;
-tegishli taʼlim tashkilotlarini tamomlagan kundan eʼtiboran bir yil ichida birinchi marta ishga
kirayotgan olingan mutaxassisligi boʼyicha mustaqil ravishda ishga joylashgan umum oʼrta,oʼrta
maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
-oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarga;
-ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini
alohida asoslar bilan bekor qilgan boʼlsa, oʼsha shaxslar;
-ishlab chiqarishda oʼqitish shartnomasi boʼyicha ushbu ish beruvchida oʼqishni oʼtagan oʼquvchilar;
-jamoa kelishuvlarida,shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki tartib hujjatlarida
nazarda tutilgan
boshqa xodimlar;
Ushbu modda talabiga koʼra,xodimga dastlabki sinov muddati xodim ishga qabul qilinish chogʼida
belgilanishi lozim.
Shuni ham aytib oʼtish kerakki,xodim boshqa ishga oʼtkazilayotganida yohud boshqa ish beruvchiga
xizmat safariga yuborilayotganida dastlabki sinov belgilanishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Taʼkidlash joyizki, Mehnat kodeksining 130-moddasiga koʼra qoida tariqasida dastlabki sinov
muddati uch oydan oshmasligi belgilangan.
Biroq ushbu modda huquqiy normasida tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʼrinbosarlari, bosh
hisobchilar hamda tashkilotlar alohida boʼlinmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi
ham belgilangan.
Shuni ham aytib oʼtish kerakki, Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan, dastlabki sinov
muddatlari belgilangan xodimlarga ham mehnat toʼgʼrisidagi
qonunchilik hamda mehnat
toʼgʼrisidagi boshqa hujjatlar toʼliq tatbiq etiladi.
Muhim jihatlardan biri, dastlabki sinov muddati xodimning mehnat staji hamda har yilgi mehnat
taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritiladi.
Shu
bilan birga, Mehnat kodeksining 132-moddasi talabiga muvofiq, dastlabki sinov muddati
tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida
uch kun oldin yozma shaklda
ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʼl qoʼyiladi.
Sodda qilib aytganimizda, dastlabki sinov muddati qoniqarsiz boʼlganida ushbu modda talabiga
koʼra, xodim sinovdan oʼtmagan deb eʼtirof etilib u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor etish
huquqiga egaligi ham belgilangan.
Muhim
jihatlardan yana bir tomoni, ushbu modda talabiga koʼra, mehnat shartnomasida nazarda
tutilgan dastlabki sinov muddati tugashiga uch kun qolgan boʼlsa, biroq taraflardan biri shartnomani
bekor etish toʼgʼrisida tashabbus koʼrsatmasa, u holda shartnoma muddati nomuayyan muddatga
tuzilgan hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganimizda, dastlabki sinov muddati ish beruvchi tomonidan xodimning qobiliyatini
sinab koʼrish uchun beriladigan va tayinlanayotgan lavozimiga qanchalik loyiq ekanligini aniqlash
uchun
keng imkoniyat desak aslo, xato boʼlmaydi.