Ikki yoqlama hisob tizimi to’lov kelishuvida ishtirok etuvchi mamlakatlarning markaziy banklarida
kliring hisob-kitobini amalga oshirish uchun maxsus hisob-raqamlari ochilishini nazarda tutadi.
Yagona hisob tizimi barcha hisob-kitoblarni amlaga oshirish uchun mamlakatlardan biridagi bankda
(yoki bir nechta bankda) maxsus hisob raqami (yoki hisob raqamlari) ochilishini nazarda tutadi. Ikki
yoqlama hisob tizimi ko’proq qo’llanadi. Kliring kelishuvlari eksportchi firmalar bilan barcha hisob
kitoblarni faqat milliy vallyutada amalga oshirishga imkon beradi (eksportchi yetkazib berilgan tovar
uchun to’lovni kliring hisob-kitoblarini bajaruvchi bankdan milliy valyutada oldai, importchi esa shu
bankka kliring bo’yicha olingan tovarlar uchun to’lovni milliy valyutada to’laydi). Kliring
kelishuvlarining asosiy kamchiligi kliring bo’yicha eksportdan olingan mablag’lar
faqatgina tovar
eksport qilingan mamlakat hududida tovar sotib olish mumkinligida namoyon bo’ladi.
Agentlik kelishuvlari Agentlik kelishuvi bu huquqiy yoki jismoniy shaxs (agent) bilan tuziluvchi
shartnoma turi bo’lib, odatda yozma shaklda tuziladi. Xalqaro agentning o’ziga xos jihati shundaki,
u o’z faoliyatini printsipal nomidan va uning hisobiga (printsipal deb nomlanuvchi bir tomonning
savdo yoki tijorat agenti deb nomlanuvchi ikkinchi tomonga beruvchi topshirig’i) amalga oshiradi.
Uning roli printsipal tomonidan yuklatilgan majburiyat doirasida oldi-sotdi bitimining amalga
oshirilishiga ko’maklashishdan iborat.
Oddiy agentlik to’g’risidagi kelishuv printsipalga belgilangan hududda agentlik kelishuvi predmeti
bo’lgan tovarlarni mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish
huquqini beradi.
Agentning monopol huquqi to’g’risidagi kelishuv printsipalni belgilangan hududda agentlik kelishuvi
predmeti bo’lgan tovarlarni mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki
sotib olish huquqidan mahrum qiladi.
Ustunlik huquqi (o’ng qo’l huquqi) to’g’risidagi kelishuv printsipal
ziimasiga birinchi navbatda
agentlik kelishuvi predmeti hisoblangan tovarni agentga taqdim etish majburiyatini yuklaydi, agent
mazkur tovar partiyasi bilan ishlashni rad etgandan so’nggina printsipal bu tovarni belgilangan
hududda mustaqil ravishda yoki boshqa firmalarni jalb qilgan holda sotish yoki sotib olish huquqiga
ega bo’ladi. Shu bilan bir paytda xorijiy firma vakili hisoblangan agent eksportchi manfaatlari yo’lida
quyidagi funktsiyalardan har birini bajarishi lozim bo’ladi:
agent joylashgan mamlakatda mijozlardan buyurtma olish;
potentsial mijozlar uchun narx kotirovkasini amalga oshirish va mijozlarning
boshqa talablarini
bajarish;
eksportchining mahsulotlarini reklama qilish va bozorga kiritish bilan shug’ullanish;
eksportchini mahalliy bozor, narx va shu kabilar to’g’risidagi ma’lumotlardan xabardor qilib borish;
mijozlarning shikoyatlari bilan shug’ullanish.
Lizing bitimlari. Xalqaro lizing bu turli mamlakatlar korxona va tashkilotlari tomonidan tuziluvchi
ijara shartnomasidir. U lizing firmasi va ijarachi yoki lizing firmasi va ta’minlovchi (ijaraga
beriluvchi mulk egasi) turli mamlakatlarda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Xalqaro lizing eksport
va import lizing turlariga taqsimlanadi.
Eksport lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni milliy firmadan sotib
oladi so’ngra uni chet ellik ijarachiga beradi.
Import lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni chet ellik firmadan sotib
oladi so’ngra uni o’z mamlakatidagi ijarachiga beradi.
Amalda xalqaro moliyaviy lizing va tezkor lizing kengroq tarqalgan.
Xalqaro tezkor lizing qisqa muddatli kelishuv bo’lib, lizing predmeti amortizatsiyasi bir nechta
ketma-ketlikdagi iste’molchilarning to’lovlari hisobiga amalga oshirilishiga asoslanadi.
Mazkur
lizing shakli reyting deb ham ataladi hamda mashina va asbob-uskunalarni reyting jamiyati
tomonidan ijarachining sotib olish huquisiz qisqa muddatli ijaraga berishini ifodalaydi. Bunda reyting
jamiyati asbob-uskunalarni ta’mirlash bo’yicha barcha xarajatlarni to’laydi va buni lizingga nisbatan
yuqoriroq ijara stavkalari hisobiga qoplaydi.
Xalqaro moliyaviy lizing xalqaro tezkor lizingdan farq qiladi. Unda ijaraga beruvchi (lizing
kompaniyasi) aktivlarga kiritilgan kapital qo’yilmalarni yagona ijarachidan qoniqarli foyda olish
hisobiga to’liq qoplanishiga harakat qiladi. Shu sababli lizing davri ushbu aktivning xizmat qilish
muddatining
asosiy qismini qoplaydi, ijarachi esa texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni o’z
zimmasiga olladi.
5. TURLI MAMLAKATLARDA MONOPOLIYAGA MUNOSABAT VA CHEKLANGAN
SAVDO AMALIYOTI
Eksport va import sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari) xalqaro savdoga jiddiy to’siq
bo’lishi mumkin. Quyidagi qaror va cheklovlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
valyutani tartibga solish bo’yicha qarorlar;
eksportni litsenziyalash;
importni litsenziyalash;
savdo embargosi, ya’ni ba’zi tovarlarni mamlakatdan eksport qilish taqiqlanishi mumkin; biroq ba’zi
tovarlarni import qilishning taqiqlanishi (chunki bir xil mahsulot ishlab
chiqaruvchi mahalliy va
xorijiy kompaniyalar raqobatchi hisoblanadi) yoki ba’zi mamlakatlardan siyosiy sabablarga ko’ra
tovarlar importining cheklanishi haqiqatga yaqinroq;
import kvotalari — bu holatda mamlakat ayrim mamlakatlardan keltiriluvchi ba’zi bir tovarlar
miqdori har oy yoki yil davomida cheklab qo’yiladi;
mamlakat hududida sotilayotgan barcha tovarlar sifati, o’ziga xos
xususiyatlari va xavfsizlik
standartlariga oid qonun hujjatlari, sog’liqni saqlash va gigienaga (ayniqsa, oziq-ovqat
mahsulotlariga) oid qonun hujjatlari standartlari; patentlar va savdo markalari, tovarlar o’rovi va unda
keltirilgan ma’lumotlar hajmi (masalan, ba’zi bir konservalangan oziq-ovqat va ichimliklarda sog’liq
uchun xavf to’g’risidagi ma’lumotlar); import qilinuvchi tovarlar uchun
bojxona kliringida zarur
bo’lgan hujjatlar (bojxona kliringida ushlanib qolish xalqaro savdoda qiyinchiliklar tug’dirishi
mumkin) ga tegishli hukumat qarorlari.