• 26. Kasb karyerasi bosqichlarini sanab bering.
  • Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/85
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #145784
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
    Bog'liq
    Personal savollarga javoblar

    25. Kasb deganda nimani tushunasiz? 
    Kasb (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar 
    va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi[1]. 
    Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga 
    imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor 
    sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasbida xirurg, oftalmolog, 
    dermatolog va boshqa). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Dunyoda har 
    bir kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati,mehnati bor.Har bir inson o'z qiziqishiga qarab o‘zi uchun 
    kasb tanlaydi.Siz ham o‘zingizga mos bo‘lgan kasb tanlab o‘z ustingizda ishlab,yangiliklar qilib 
    O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tardigan darjada kasb egallang.Bu mening sizga bo‘lgan yaxshi 
    maslahatim edi. 
    26. Kasb karyerasi bosqichlarini sanab bering.
    Kasb karyerasi — bilim, ko‘nikma, mahoratning o‘sishidir. Kasb karyerasi ixtisoslik (kasb faoliyati 
    boshida tanlangan ixtisoslikni chuqurlashtirish) yoki keng ixtisoslashtirish (yangi va turdosh 
    kasblarni egallash) yo‘nalishida bo‘lishi mumkin. Kasb karyerasi xodim o‘z kasbiy faoliyati 
    davomida turli: o‘qish, ishga joylashish, lavozimda o‘sish, pensiyaga chiqish bosqichlarini (2.2-
    jadval) bosib o‘tish xususiyatiga ega. Xodim mazkur bosqichlarni turli tashkilotlarda bosib o‘tishi 
    mumkin. 
    Dastlabki bosqichda inson maktabda o‘qiydi, o‘rta maxsus, oliy ma’lumot oladi. Bu, odatda, 25 
    yoshgacha davom etadi. Ana shu davrgacha o‘zining ehtiyojlari va imkoniyatlariga javob beradigan 
    faoliyat turini topish uchun bir necha xil ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Agar u shunday faoliyat 
    turini topa olsa, uning shaxs sifatida ijtimoiy shakllanishi boshlanadi. 
    Tiklanish bosqichi taxminan besh yil — 25 dan 30 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda xodim 
    kasb egallaydi, zarur ko‘nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, mustaqillikka erishishga 
    ehtiyoj tug‘iladi. Odatda, shu davrda inson oila quradi. Shuning uchun uning mehnatiga to‘lanadigan
    haq miqdoriga qiziqishi kuchayadi. 
    O‘sish bosqichi 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. Ana shu davrda malaka 
    oshishi, xizmat lavozimida o‘sish jarayoni davom etadi. Ayni vaqtda, xodimlarda amaliy tajriba, 
    ko‘nikmalar, mahorat, o‘zligini namoyon qilishga ehtiyoj, yanada yuqori maqomga va ko‘proq 
    mustaqillikka ega bo‘lishga intilish ortadi. Shuningdek, xodim mehnatiga haq to‘lash miqdori oshishi, 
    sog‘lig‘ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi. 
    Barqarorlik bosqichida avvalgi davrlarda erishilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlashga bo‘lgan 
    intilish kuchayadi va u 45 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan davrni qamraydi. Ana shu bosqichda 
    malakani takomillashtirish cho‘qqisiga erishiladi. Xodimning malakasi jo‘shqin faoliyat va maxsus 
    ta’lim orqali yanada oshiriladi. O‘z kasbining ustasiga aylangan xodim ish uslublarini shogirdlariga 
    o‘rgatishga harakat qiladi. Unda tashabbuskorlik kuchayadi. Xodim xizmat lavozimida ko‘tarilib 
    boradi. Unga nisbatan hamkasblari, jamoa a’zolarining hurmat-e’tibori ortadi. Bu davrda xodimning 
    ko‘pgina ehtiyojlari qondirilgan bo‘lsa-da, uni hali ham mehnatga haq to‘lash miqdori qiziqtiradi. 
    Shu bilan birga, unda daromad olishning boshqa manbalari (foydaga sheriklik, aksiyalari uchun 
    dividend olish va hokazolar)ga ham qiziqish ortadi. 
    Yakuniy bosqich 60–65 yoshni qamrab oladi va xodim pensiyaga chiqish taraddudini ko‘radi. U 
    o‘ziga munosib vorisni tayyorlash harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o‘sish (karyera) 
    tanglik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, xodimlar o‘z ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil 
    qilishlariga qaramasdan o‘zlari va tengdoshlaridan g‘ururlanish hislari juda kuchli bo‘ladi. Mazkur 
    bosqichda xodimlar ish xaqi darajasi barqaror bo‘lishini xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so‘ng, 
    oladigan pensiyalari miqdoriga qo‘shimcha daromad topish harakatida bo‘ladilar. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish