• 21. Kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshqarish
  •  Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillariga izoh bering




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/85
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #145784
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
    Bog'liq
    Personal savollarga javoblar

    20. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillariga izoh bering
    Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-
    iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir. 
    Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan 
    ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ 
    hujjatdir. 
    Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid 
    munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini 
    muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. 
    Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari 
    Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy prinsiplari quyidagilardir: 
    qonunchilik normalariga amal qilish; 
    taraflar vakillarining vakolatliligi; 
    taraflarning teng huquqliligi; 
    jamoa shartnomalari, kelishuvlari mazmunini tashkil etuvchi masalalarni tanlash va muhokama 
    erkinligi; 
    majburiyatlar olishning ixtiyoriyligi; 
    olinayotgan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlash; 
    tekshirib borishning muntazamligi; 
    javobgarlikning muqarrarligi. 
    21. Kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshqarish 
    Kadrlar tizimi (KT) - ijtimoiy-iqtisodiy tizimning (tashkilotning) markaziy va eng murakkab tashkiliy 
    kichik tizimi (yadrosi) bo‘lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy 
    ko‘rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar, ularni ishlashi va 
    rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi. 
    Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi - ularning miqdoriy va sifat jihatdan to‘xtovsiz yuqoriga 
    o‘zgarishi (darajasining ortishi, yangilanishi), yangi maqsadlar, vazifalar, professional malaka 
    kommunikatsiya ko‘rsatkichlari, tarkib, o‘zaro aloqa, boshqarish va sub’ektlari va usullariga ega 
    bo‘lgan yangi holatga o‘tishidir. 
    Ko‘rinib turibdiki, KT rivojlanishi kadrlar, kadrlarni boshqarish sub’ektlari (bo‘limlar, xizmatlar), 
    personal bilan ishlash shakllari va usullarining o‘zgarishidan iborat. Bu o‘zgarishlar progressiv 
    tomonlarni (masalan yangi kasb kadrlarini tayyorlash) ham, resressiv tomonlarni (qayta tayyorlash 
    mumkin bo‘lmagan eski kasblardagi kadrlarni bo‘shatish) qamrab oladi. 
    Shunday qilib, kadrlar innovatsiyasi ikkita o‘zaro bog‘liq blokdan iborat: 
    KTga yangi elementlar, shakllar va usullarni kiritish: 
    KTdan eskirgan elementlar, shakllar va usullarni chiqarish. 
    Kadrlar bo‘yicha yangiliklar, shuningdek, KTning zamonaviy tabiati, mohiyati, xususiyatlarini 
    tushunish uchun kadrlar tizimi progressi, regressi, stagnatsiyasi, inqirozi va barqarorlashuvi kabi 
    tushunchalar muhim hisoblanadi. Ushbu tushunchalarni ko‘rib chiqish, kadrlar tizimidagi yangiliklar 
    sabablari, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va tuzilmalar (mamlakat, mintaqa, vazirlik, 
    tashkilotlar) taqdirida kadrlar rivojlanishining rolini yaxshiroq tushunish uchun zarur. Ushbu barcha 


    tizimlar va ularning kadrlari turli vaqtda turli holatlarda (to‘liq farovonlikdan inqirozgacha) bo‘lishi 
    mumkin. 
    Bu holatlarni bilish to‘g‘ri qaror qabul qilish, kerakli strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va 
    yangilash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Keltirilgan tushunchalarning qisqacha izohini 
    beramiz: 
    Kadrlar tizimining progressi kadrlar tizimining kadrlar yangiliklarini doimiy qidirish, ishlab chiqish 
    va amalga oshirish asosida takomillashgan va samaraliroq shakllar, maqsadlar, tarkib va usullarga 
    o‘tishidir. 
    Kadrlar tizimining regressi kadrlar tizimining turg‘unligi, oldingi darajasi va faoliyatining yangi 
    vazifalarini ta’minlash imkoniyatining pasayishi, kadrlar degradatsiyasi, eskirgan kadrlar va kadrlar 
    bilan ishlash usullariga qaytishdir. 
    Kadrlar tizimi inqirozi – kadrlar tizimining eng muhim maqsadlari, vazifalari, tarkiblari, ishlash va 
    rivojlanish shakllari va usullarining chuqur buzilishi va noto‘g‘ri yo‘nalishi, uning natijasida asosiy 
    kadrlarning yo‘qotilishi yoki yo‘qotish xavfi vujudga kelishi mumkin. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillariga izoh bering

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish