Karyerani tanlashda hisobga olish omillari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

23. Karyerani tanlashda hisobga olish omillari. 
1. «Mansabparast shaxs». Bu toifa xodimlar ijtimoiy va xizmat darajalarida yuqoriroq mavqyega ega 
bo‘lishga intiladilar. Ular fikricha, o‘zlariga yetarlicha huquq, imkoniyat, vakolat, mansab 
berilmaganligi ularning o‘z salohiyatlarini to‘liqroq namoyon etishlariga to‘sqinlik qiladi. Bu ularda 
o‘z mehnat faoliyatidan qoniqmaslik hissini uyg‘otadi. Bunday xodimlar yuqoriroq lavozimda 
imkoniyatlar katta, deb o‘ylaydilar. Biroq, bu toifa xodim xizmat vazifasi va lavozimda o‘sgani sari 
aniq faoliyatdan tobora uzoqlasha boshlaydi va rasmiyatchilik bilan bog‘liq holatga tushib qoladi. 
Buning natijasida, ko‘p hollarda karyera boshida rejalangan g‘oyalarni amalga oshirishning umuman 
imkoniyati bo‘lmaydi. Ijodkorlik sifatlariga ega xodimlarni bu o‘ta og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. 
Quyidagi jadvalda rahbar xodimlar lavozimda ko‘tarilgan sari ularga talablar darajasi va 
mazmunining o‘zgarishi yaqqol aks etgan. Bevosita xuddi shunday mansabparast shaxslar vertikal 
karyerada ko‘proq muvaffaqiyat qozonadilar. 
2. «Kasbparast shaxs». Mazkur toifa xodimlari, odatda, shaxsiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlariga 
ko‘proq ahamiyat qaratadilar. «Kasbparast shaxs»larda ehtiyojlar, xabardorlik, onglilik darajasi 
ancha yuqori. Ular butun hayoti davomida bilim olish qobiliyatini rivojlantiradi, muttasil ravishda 
o‘z bilimlari darajasini oshirishga, ijodiy jihatdan o‘sishga intiladi. «Kasbparast shaxs» korxona 


faoliyatiga daxldorlikka ehtiyoj sezadi, qaror qabul qilinayotganda uning fikri hisobga olinishini 
xohlaydi, uning uchun qiziqarli ish, yutuqlarining e’tirof etilishi juda muhimdir.Bunday toifadagi 
xodimlarga boshqaruvning demokratik usullari ma’qul. Chunki, u belgilab qo‘yilgan tartib-
qoidalarga qaraganda ijodiy g‘oyalarga rioya etishni afzal ko‘radi. Shu jihatdan u ishga o‘ta 
sidqidillik bilan munosabatda bo‘ladigan, o‘ziga va o‘zgalarga g‘oyat talabchan xodimlar toifasiga 
kiradi. Ana shu xususiyatlari sababli, «Kasbparast shaxs» yuqori lavozimni egallasa, bundan o‘zi 
ham, atrofdagilar ham qoniqish hosil qilmaydi. Chunki, u rahbarlikni samarali amalga oshirishga 
qodir emas. Uning ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun esa egallagan lavozimi imkoniyat 
bermaydi. 
Xodimlar o‘zlarining shaxsiy sifatlari kuchli va zaif tomonlarini karyeralarining boshlang‘ich 
bosqichida to‘g‘ri aniqlay olsalar, bu ularning kasblarida va lavozimlarida o‘sishlari uchun eng 
maqbul yo‘lni tanlay olish imkonini beradi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Karyerani tanlashda hisobga olish omillari

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish