Xususiy korxonalarda xodimlar mehnatini tashkil etish xususiyatlari?




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

100. Xususiy korxonalarda xodimlar mehnatini tashkil etish xususiyatlari?
Har bir davlatda ishchi-xodimlarning mehnatini tashkil etish va ularga berilgan shart-sharoitlar 
haqida qonunlar mavjud. Ularga ko‘ra, masalan, har bir ishchi-xodimlarning ish kuni, ijtimoiy 
muhofazasi, ish o‘rnida sanitariya normalari va texnika xavfsizligi qoidalari belgilanadi. 
Ishchi-xodimning samarali ish bajarishi uchun qo‘yiladigan quyidagi talablar ular bajaradigan 
mehnatining samarali bo‘lishini aniqlaydi: 
Bilim darajasi; 
Jismoniy jihatlari; 
Tajribaga egaligi; 
Tirishqoqligi; 
Qiziqishi; 
Xarakterli belgilari (chaqqonlik, mustaqillik va boshqalar). 
Kadrlar bo‘limi gazeta va jurnallarga axborot berishlari, tanlovlar e’lon qilishi yoki oddiy yo‘l bilan 
ishchilarni ishga olishlari mumkin. Bo‘lajak ishchi-xodimlarni ishga olishda u bilan suhbat, imtihon, 
tekshiruvlar o‘tkaziladi. Ular ichida ayniqsa suhbat ko‘p qo‘llaniladi. Bo‘lg‘usi ishchi-xodimlarning 
o‘z maqsadiga erishishi uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, savollarni o‘ylab 
chiqishlari zarur. 
Servis sohasi elektron texnikasi buyumlari korxonalarining asosiy vazifalari mamlakatning iqtisodiy 
o‘sishini ta’minlash, jamiyatning moddiy ehtiyojini o‘z mehnatlari va mahsulotlari bilan qondirish, 
korxonaga tushgan foyda asosida mehnat jamoasini iqtisodiy jihatdan ta’minlashdan iborat. 
Mulkchilik shakli jihati bo‘yicha korxonalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 


Shaxs mulkchiligi asosida: shaxsiy, oilaviy. 
Jamoa mulkchiligi asosida: jamoa miqyosida (kooperativ ishlab chiqarish, aksioner shakli asosida 
tashkil etilgan korxona, jamoa tashkilotlari asosidagi korxonalar va boshqalar). 
Davlat mulkchiligi ixtiyoridagi: respublika miqyosida (mahalliy, avtonom respublikalar va 
boshqalar). 
Bundan tashqari korxonalar ijaraga ham berilishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni davrida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida 
korxonalar huquqini himoyalash maqsadida tashkilotlar uyushmalarga, xo‘jalik assotsiatsiyalariga, 
konsernlar va boshqa birlashmalardan tashkil topishi mumkin. 
Bu birlashmalar demokratik boshqaruv asosida korxona va xo‘jaliklarning o‘zaro manfaatdorligini 
rivojlantirish, aholi moddiy ehtiyojini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish vazifalarini o‘z ichiga 
oladi. 
Korxona faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
to‘liq xo‘jalik hisobida; 
o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash;● o‘z-o‘zini boshqarish asosida tuziladi. 
 
 

Download 1,04 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xususiy korxonalarda xodimlar mehnatini tashkil etish xususiyatlari?

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish