Xodimlarning xuquq va majburiyatlari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

99. Xodimlarning xuquq va majburiyatlari 
Har bir inson mehnat qilish, erkin ishni tanlash, adolatli mehnat sharoitlari va ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga ega. 
Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, ushbu Kodeksda belgilangan 
yoshga etgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi 
mumkin. 
Xodim quyidagi huquqlarga ega: 
ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini 
tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish; 
mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan ta’minlanish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish; 
o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z 
vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, 
shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan dam olish; 
xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega bo‘lish, shuningdek ish 
joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli 
axborot olish; 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat 
shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun 
kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish; 
jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi to‘g‘risida 
axborot olish, shu jumladan o‘z vakillari orqali olish; 


mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi 
munosabati bilan etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya 
qilish; 
o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha 
usullar bilan himoya qilish; 
mehnat nizolarini ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish. 
Xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va 
mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Xodimning majburiyatlari 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat 
shartnomalari shartlariga rioya etishi; 
mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi; 
ichki mehnat tartibiga rioya etishi; 
mehnat intizomiga rioya etishi; 
belgilangan mehnat normalarini bajarishi; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi qoidalariga rioya etishi; 
ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-
mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi; 
ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada 
qoplashi; 
insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning 
ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun 
javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish 
beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi; 
boshqa xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir 
etmasligi shart. 
Xodimning zimmasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy 
hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka 
tortilishi mumkin. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish