Xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va
mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodimning majburiyatlari
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat
shartnomalari shartlariga rioya etishi;
mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
ichki mehnat tartibiga rioya etishi;
mehnat intizomiga rioya etishi;
belgilangan mehnat normalarini bajarishi;
mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;
ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-
mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi;
ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada
qoplashi;
insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning
ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun
javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish
beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
boshqa xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir
etmasligi shart.
Xodimning zimmasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy
hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka
tortilishi mumkin.