• ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o'zaro
munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‗yicha imkoniyatlar yaratish;
• o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma‘lumotlar bazalarini,
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini
shakllantirish;
• aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‗zaro munosabatlami amalga oshirishda elektron hujjat
aylanishi, davlat organlarining o‗zaro hamkorligi va ulaming ma‘lumotlar bazalari o‗rtasida
axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida ―Yagona
darcha‖ tamoyilini joriy etish;
• tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika
hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish
jarayonlarida hamda davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan
foydalanishga o‗tkazish;
• tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Intemet jahon axborot tarmog‗i orqali mahsulotni
sotish va xaridlami amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini hamda kommunal xizmatlami
hisobga olishni, nazorat qilishni va ular uchun haq to‗lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy
etishni kengaytirish;
• naqd bo'lmagan elektron to‗lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish
tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.
Mazkur vazifalarini bajarish maqsadida respublikamizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) yaratilgan.