Xodimlar faoliyatini baxolashning zamonaviy uslublari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

89. Xodimlar faoliyatini baxolashning zamonaviy uslublari 
Mehnat faoliyatini, shu jumladan ish natijalarini zamonaviy baholash tizimi aniq va ishonarli 
ma’lumotlarga asoslanishi shart. Mutaxassislar bunday tizimni olti bosqichda yaratishni tavsiya 
qiladilar: 
Har bir ish joyi bo‘yicha mehnat unumdorligi standartlarini va uni baholash mezonlarini belgilash. 
Mehnat unumdorligini baholash siyosatini o‘tkazish tamoyillarini ishlab chiqish, ya’ni baholashni 
qachon, kim, qaysi muddatlar oraligida o‘tkazishini hal etish. 
Muayyan shaxslarga mehnatunumdorligini baholashni o‘tkazish vazifasini yuklash. 
Baholashni o‘tkazish vazifasi yuklatilgan shaxslarga xodimlar mehnat unumdorligi bo‘yicha 
ma’lumotlarni to‘plash topshirig‘ini berish. 
Baholashni xodimning o‘zi bilan muhokama qilish. 
Baholash yakuni bo‘yicha qaror qabul qilish va baholashni hujjatda rasmiylashtirib qo‘yish. 


Baholashni kim o‘tkazishi favqulodda muhimdir. G‘arbdagi ko‘pgina kompaniya va firmalarda bu 
vazifa odatda menejerlar zimmasiga yuklanadi. Amaliyotda baholash quyidagilar zimmasiga ham 
yuklanadi: 
bir necha kishidan iborat komissiyaga. Bunday yondashuv baholash faqat rahbar tomonidan amalga 
oshirilishidan farqli o‘laroq, ob’ektivlikni ta’minlashga xizmat qiladi; 
hamkasblarga. Bu ularga baholanuvchi sheriklarining ish natijalarini aniqlash imkonini beradi. 
Natijada hamkasblar bir-biriga ishonadigan bo‘ladilar; 
baholanuvchiga bo‘ysunuvchilarga; 
baholanuvchi, mehnat qiladigan jamoaga bevosita aloqasi bo‘lmagan xolislarga; 
o‘z-o‘zini baholash. 
Ushbu yondashishlardan eng asosiysi xodimning rahbar tomonidan baholanishi hisoblanadi. 
SHuningdek, baholashni turli uslublarini birgaliqda qo‘llash orqali (masalan, rahbarning o‘z 
xodimini baholashi natijalarini baholanuvchiga bo‘ysunuvchi xodimlar yoki uning hamkasblari 
tomonidan baholanishi bilan taqqoslanishi) ham amalga oshirish mumkin. 
Boshqaruv xodimlari faoliyatini ob’ektiv baholash uchun sifat mezonlarini belgilash bilan bir 
qatorda, miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinishi ham juda muhimdir. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xodimlar faoliyatini baxolashning zamonaviy uslublari

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish