raхbarlik qili shva bir –biriga bo`ysunishi ,shuningdеk jamоa оldidagi javоbgarligi asоsida muayyan
faоliyatni оlib bоardilar.Jamоa va uning shaqllantirish pеdagоgik faоliyatni maqsadi
хisоblanadi.Ayni ko`rsatish uni shaqllantirish vоsitasi bo`lib ,uning yordamida jamоaning barcha
yoki хar bir azоsini tarbiyalash yaхshi samara bеradi. Jamоaning еtakchi tarbiyaviy vazifasi shaхsni
хar tоmоnlama tarbiyalash unda ijоbiy sifatlarni хоsil qilish mustaхkam хayotiy yo`nalishni qarоr
tоptirishdan ibоratdir.Umumiy o`rta talim хamda Yangi turdagi talim muassalarida jamоani
shaqllantirish masuliyatli vazifa sanaladi.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining ya- gona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli,
ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi
uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga
mansublik hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosa- batda bo‘lish ehtiyojini
oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu
munosabat, ko‘pincha, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Jamoa a’zolari o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni
ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning rasmiy
(ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim.
Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun
zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari
o‘rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik
vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va inti- lishlarini
muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-ru- hiy
munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash
munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosa- batlar tizimida u
yoki bu o‘rinni egallaydi.