Korxona va tashkilotlarda xizmat martabasini boshqarish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

31. Korxona va tashkilotlarda xizmat martabasini boshqarish 
MARTABA- personalning o’z mehnat istiqboli to’g’risidagi subyektiv ravishda yetilgan fikr-
mulohazalari, o’zini-o’zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasidagi kutilgan 
yo’llaridir. 
Martaba tushunchasi tashkiliy pog’ona bo’ylab uzluksiz va davomiy harakat qilib borishni anglatadi. 
Boshqacha qilib aytganda martaba- bu insonning mehnat qilish bilan bog’liq hayoti mobaynidagi ish 
tajribasi va faoliyati bilan bog’liq alohida anglab yetilgan mavqeyi va xulq-arvoridir. 
Martabani ikki turi-Kasb martabasi va Tashkilot ichidagi martabalar mavjud 
Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki, muayyan bir xodim kasbiy faoliyati jarayonida 
rivojlanishning turli-tuman bosqichlaridan o’tadi; ta’lim, ishga kirish, kasb-hunar sohasida o’sish, 
o’ziga hos kasbiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash, pensiyaga chiqish. 
Kasb martabasi bilan bir qatorda tashkilot ichidagi martabani ajratib ko’rsatish mumkin. U xodimning 
bir tashkilot doirasida rivojlanish bosqichlari izchillik bilan almashinib borishini qamrab oladi. 
Tashkilotdagi ichki martaba uchta asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi: 
VERTIKAL YO’NALISH- ko’pincha martaba tushunchasining o’zini huddi ana shu yo’nalish bilan 
bog’laydilar, chunki bunday holda martabaning ortib borishi ancha sezilarli bo’ladi. Martabaning 
vertical yo’nalishi deyilganda tarkibiy pog’onaning ancha yuqoriroq darajasiga ko’tarilishi 
tushuniladi. 
GORIZONTAL YO’NALISH- faoliyatning boshqa funksional sohasiga o’tkazishni yohud 
pog’onadagi muayyan xizmat rolini bajarishni nazarda tutadi, bu xizmat vazifasi tashkilot tuzilmasida 
rasman qattiq biriktirib qo’yilmagan bo’lishi mumkin, gorizontal yo’nalishga oldingi pog’onadagi 


vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirish ham kiradi(odatda, bunda olinadigan haq ham 
o’zgaradi); 
MARKAZGA INTILUVCHAN YO’NALISH- mazkur yo’nalish ko’p hollarda xodimlar diqqatini 
jalb qilsada lekin ancha kamroq samara beradi. Markazga intiluvchan martaba deyilganda asosiy 
o’zakka, yani tashkilot rahbarligiga intiolish tushuniladi. 
2.Martabani rejalashtirish va uni amalga oshirishning vazifalari 
Martabani rejalashtirish va nazorat qilib boorish shunday iboraki, bunda xodimni tashkilotga ishga 
qabul qilishdan boshlab to ishdan bo’shatish taxmin qilingan vaqtgacha uning lavozimlar tizimi yoki 
ish o’rinlari bo’yicha rejali ravishda gorizontal va vertical ilgarilab borishini yo’lga qo’yish zarur. 
Martabani rejalashtirish va amalga oshirishning asosiy vazifasi kasbiy va tashkilot ichidagi 
martabalarning o’zaro ta’sirini taminlashdir. 
3.Martabaning asosiy bosqichlari. 
Inson martabaning turli bosqichlarida turli ehtiyojlarini qondiradi. 
Dastlabki bosqich- maktabda o’qishni, o’rta va oliy malumot olishni o’z ichiga oladi hamda 25 
yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turlarini izlash maqsadida bir nechta 
bor ishini almashtirishi mumkin. 
Shundan keyin Rivojlanish bosqichi boshlanadi. U taxminan besh yil- 25 yoshdan 30 yoshgacha 
davom etadi. Bu davrda xodim tanlagan kasbini o’zlashtirib oladi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, 
uning malakasi shakllanadi, o’z-o’zini namoyon qilishi sodir bo’ladi va mustaqillik o’rnatishga 
ehtiyoj paydo bo’ladi. 
Ko’tarilib borish bosqichi, odatda 30 yoshdan 45 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning 
ortishi, xizmatda ko’tarilish jarayoni yuz beradi. Amaliy tajriba, malaka hosil bo’ladi, o’z-o’zini 
namoyon qilishga, yuqoriroq mavqeyga, mustaqillikka ega bo’lishga ehtiyoj ortadi, shaxs sifatida o’z 
fikrlarini bildirish kuchayadi. 
Saqlab qolish bosqichi erishilgan natijalarini mustahkamlash harakatlari bilan ajralib turadi va 45 
yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Malakaning yuqori cho’qqisiga erishiladi, faol g’ayrat va maxsus 
ta’lim olish tufayli malaka yanada takomillashadi, xodim o’z bilimlarini yoshlarga berishga qiziqib 
qoladi. Bu davr ijodkorlik bilan ajralib turadi, bu sohada yangi xizmat pog’onalariga ko’tarilish yuz 
berishi mumkin. Odam mustaqillik va o’zini namoyon qilish cho’qqisiga erishadi. 
Yakuniy bosqich 60 yoshdan 65 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim pensiya to’g’risida 
jiddiyroq o’ylay boshlaydi, bu yerdan ketishga tayyorgarlik ko’radi. Mana shu davrda bo’shab 
qoladigan lavozimiga munosib o’rinbosar izlash va nomzodni o’qitish ishlari olib boriladi. 
Oxirgi, pensiya bosqichida bu tashkilotdagi martaba (faoliyat turi sifatida) tugaydi. O’zini boshqa 
faoliyat turlarida ko’rsatishga intilish imkoniyuati paydo bo’ladi, holbuki tashkilotda ishlab yurgan 
vaqtida bunday qilishga imkoniyati cheklangan edi. O’ziga va pensiya oladigan boshqa birodarlariga 
nisbatan hurmat bilan qarash ehtiyoji barqarorlashadi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxona va tashkilotlarda xizmat martabasini boshqarish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish