Korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlaninshi- boshqaruvning asosi sifatida




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

34. Korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlaninshi- boshqaruvning asosi sifatida
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida ta'rif-
malaka ma'lumotnomasi xam qo'llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar xajmi 
murakkabligi, rahbarlik lavozimi to'rli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab 
etiladigan daraja xamda ish staji ko’rsatiladi. 
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. 
Shu sababli xujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim. 
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo'nalishi va xujjatlar 
aylanish texnologiyasi makbo’lligi xam katta ta'sir ko’rsatadi. Bu erda xujjatlar o’tadigan bosqichlar 
sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan 
muvofiklashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiklashtirish muhim bo’lsa, xujjatlar o’tish bosqichlari 
o'rnini almashtirish xam yaxshi natija beradi. 
Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular o’tish texnologiyasi belgilanadi, 
axborot o’zatilishining maqbul yo’llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin 
bo’lmagan xujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog’liq ish vaqtini tejashda maxsus 


namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta axamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar 
o'rtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi. 
Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash - menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo'nalishidir. 
Standart blanklarni qo’llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib 
keladi. 
Axborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar fikriga ko’ra boshqaruv apparatida tashkiliy va 
xisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7 % ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan. Menejer 
mehnatini takomillashtirishning muhim younalishi ish joyini makbul tashkil etish va eng avvalo, 
mehnat xususiyatlarini bo’linmalar o’zaro aloqasini ishlar muhimligini xisobga olgan xolda 
joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qo'l etadigan qilib joylashtirilishi 
kerak. 
Ish joylari joylashtirilishi va ularni texnika vositalari xamda yordamchi uskunalar bilan jixozlashda 
uzluksiz ishlashni ta’minlash talablarini xisobga olinishi kerak. Tajribadan ma'lumki, ish joyini 
texnologiya, ergonomika, 
psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat unumdorligini oshirish (50% va 
undan ko'pga) imkonini beradi. 
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiena meyorlari, temperatura, namlik, yoruglik 
meyorlari, shovqin darajasi, shuningdek mehnat va dam olish tartiblarini xisobga olgan xolda sharoit 
yaratish muhim axamiyatga ega. 
Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek xodimlar o'rtasidagi o’zaro 
munosabatlar xam katta ta'sir ko’rsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, oxir natijada mehnat 
natijalari bu omilga bog’liq bo’ladi. 
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar o’z vazifasini qanchalik muvaffakiyatli bajarish bilan bog’liq 
bo’ladi. Xozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy 
echimlari, usullarini qo’llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini Iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. 
Menejer xam tashkilotchi, tarbiyachi, xam izlanuvchi, ma'muriyatchi sifatlariga ega bo’lishi kerak. 
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar murakkabligi va javobgarlik ortishi bajariladigan 
ishlar turli - tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishi talab qiladi. O'z faoliyatini rejalashtirishni 
bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug’ullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida 
vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini taxlil qilishgagina ulgurub, kelajakda qilinishi lozim 
bo’lgan ishlarni xal etish uchun vaqt topolmay qoladilar. 
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda avvalo undan yuqoriroq boshqaruv tizimi oldida turgan 
vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki aks xolda butun tizim faoliyatiga to’gri kelmaydigan (yoki 
qarama-qarshi) ish ko’rishi mumkin. 
Rahbar ishi sur'atining tezligi uning mehnat faoliyati to'laqonli dam olish bilan, shuningdek ish kuni 
davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori 
samarali bo’lishi, ish qobiliyati tulik tiklanishi mumkin. 
Menejer mehnatida maqbul ish sur'atini o’rnatish, u amalga oshiruvchi xarakatlarning doimiy tartibini 
o’rnatish juda muhimdir. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxona va tashkilotning ijtimoiy rivojlaninshi- boshqaruvning asosi sifatida

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish