Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

37. Korxonada 
 ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan
 vaziyat? 
38. Korxonalarda personalni boshqarish tizimini asosiy omillari? 
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil qilish 
ishchi kuchini qayta ishlab chiqarish- personalni boshqarish, mehnatning rag‘bat omillarini 
kuchaytirish, uning sifati va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Personalni boshqarish – 
alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta‘minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali 
foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar 
tizimidir. 
Ishlab chiqarish personali (ishchilar) odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlardan 
iboratdir. Asosiy personal asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig‘ish bilan band ishchilar. 
Yordamchi personal asosan korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarida band ishchilar. Ishlab 
chiqarish personalining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat 
mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo‘ladi. 
Boshqaruv personali (xizmatchilar) odatda ko‘proq aqliy mehnat bilan band bo‘lib, ishlab chiqarishda 
boshqaruvni amalga oshiradilar. Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo‘linadi: rahbarlar va 
mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul 
qilish huquqiga ega bo‘ladilar va ular o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarga ega. 
Inson – korporativ madaniyat asosi. Yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda asosiy 
e‘tibor personalga qaratiladi. Insonlar o‘zgarishlar markaziga qo‘yilsa, ular ushbu o‘zgarishlarni 
harakatga keltiruvchi kuchga aylanadilar. 
Menejment – boshqaruv uch: oliy, o‘rta (―komanda) va quyi (―xodimlar) bo‘g‘inlarning 
hammasida amalga oshirilishi kerak. 
Samaradorlik - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Bu korxona maqsadiga resurslardan 
oqilona foydalanish hisobiga erishish va iloji boricha ko‘proq foyda olishni anglatadi. 
O‘zaro munosabatlar - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. 
Sifat - samaradorlik mezonidir. Bu sifat umumiy tushunchasining o‘zaro bog‘liq beshta xususiyatini 
qamrab oladi: shaxsiy sifat; komanda sifati; mahsulot sifati; xizmat ko‘rsatish sifati; korxona sifati. 
Komanda - korxona muvaffaqiyatining mezoni sifatida. Korxonada mehnat qiluvchi hamma insonlar 
xodimlar hisoblanadi. Ular ijtimoiy guruh – komanda a‘zolaridir. 
Personalni o‘qitish. Bu taraqqiyot va yangilanishlar kaliti hamda korxona uchun hayotiy zarurat 
hisoblangan korxonadagi o‘zgarishlar jarayonining tarkibiy qismidir. 
Iqtisodiy. Unda moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘mol qilish 
muammolari ustuvor hisoblanadi. 
Ijtimoiy.Unda insonlar munosabati, ijtimoiy guruhlar, ma‘naviy qadriyatlar, insonni har tomonlama 
kamol toptirish masalalari ustuvor hisoblanadi. Personalga esa betakror shaxslardan iborat bosh tizim 
sifatida yondashiladi. 
Boshqaruv jarayonlari darajasida. Ushbu jarayonlarga bevosita inson jalb etilgan bo‘lib, ular 
bilimning quyidagi sohalarini qamrab oladi: kommunikatsiya sohalari; ijtimoiy mojarolar; boshqaruv 
munosabatlarini takomillashtirish yo‘llari; qiziqtirish va nazorat; xodimlar guruh a‘zolari sifatida. 
Korxona darajasida (korxona – texnik, texnologik, ekologik, axborot va moliyaviy murakkab ochiq 
tizim sifatida; korxona – ijtimoiy tizim sifatida; mehnat qilishning huquqiy shartlari). 
Inson darajasida. Bu darajada insonga shaxs va ishlab chiqarish munosabatlarining ishtirokchisi 
sifatida yondashiladi. 
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman 
boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo, boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Personalni boshqarish oraliq nazorat savollar: " Persanalni boshqarish" fanining korxonani boshqarishdagi tutgan o`rni

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish