Muvaffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib o‘z ishonchi bilan
boshqalarga yetakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g`alabaga ishontiradi,
atrofiga istiqbolli xodimlarni yig`ib, ularning hurmatini qozonadi, qo‘l ostidagilarni sevadi, ularning
muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori darajada bajarishga tadbirkorlik bilan
kirishadi.Boshqarishni iqtisodiy usullarining hozirgi paytdagi o‘zgarish omillaridan eng asosiysi
boshqarishni ilk chiziqli shaklidan gorizontal shakliga o‘tish hisoblanadi. Bunda boshqarish ob‘ektiga
ta‘sir nafaqat yuqori boshqarish organlari tomonidan, balki korxona bilan bog‘langan mijozlar,
iste‘molchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ta‘sir qilish usullari o‘z ifodasini o‘zaro
majburiyatlar, bitimlar va shartnomalarda topadi. Iqtisodiy usullarning harakati sharoitida pastki
bo‘g`inlarga markazlashgan ta‘sir ko‘rsatish susayadi. Iqtisodiyotning pastki bog‘inlari mustaqil
ravishda qarorlar qabul qilishi uchun katta huquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Korxona va
xo‘jaliklarning o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi amalga oshiriladi. Boshqarishning, xususan, mehnat
samaradorligini boshqarishning ishlab chiqarish iqtisodiy maqsadi eng kam jonli va buyumlashgan
mehnat xarajatlari sarflangan holda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni to‘laroq qondirish uchun zarur
mahsulot chiqarish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqsad mehnat jarayonining amal qilish uchun ijobiy ishlab chiqarish va ijtimoiy-
madaniy shart-sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi.
Mehnat samaradorligini boshqarish maqsadlariga erishish vositalari nafaqat kishilar foydali mehnat
faoliyatining ishlab chiqarish iqtisodiy, ijtimoiy- iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy natijalari amalga
oshirish, balki natijalarga nominal mehnat va vaqt xarajatlari yordamida erishishni ta‘minlash kerak.
Mehnat samaradorligini boshqarishning yana bir prinsipini bu moddiy va ma'naviy
rag'batlantirishning optimal birligi prinsipidir. Bu prinsipni amalga oshirishda xo‘jalik hisobini
boshqaruvning barcha darajalarida joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bunda xodimlarni moddiy
rag'batlantirish bilan birga yuqori samarali mehnatni ma'naviy rag'batlantirish ham muhim rol
o‘ynaydi.
Boshqaruvga aniq holatni, sharoit-tahlilini hisobga olish prinsipi muhim o‘ringa ega. Bu prinsipning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, iqtisodiy holatni to‘g'ri baholay bilish, to‘g'ri qaror qabul qilish va
xulosa chiqarish kerak bo‘ladi.
Mehnat samaradorligini boshqarishni optimal tashkil etish maqsadida birinchi navbatda «mehnat
salohiyati» tushunchasini ilmiy asoslash kerak, undan keyin esa bu maksimal yuqori koeffitsientini
ta'minlash kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarida personalni boshqarishda iqtisodiy usullarning
qo‘llanilishi mehnat unumdorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda va o‘zining ijobiy
samaralarini bermoqda. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaganligi
sababli, personalga qo‘llashning ahamiyatli tomoni shundaki, xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga
ularning manfaatli bo‘lishini ta‘minlovchi iqtisodiy sharoit yaratilishidir. Bozor iqtisodiyoti
ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo‘lib, narx, soliq, kredit va ish haqi
vositasida o‘zgarishini qat‘iy tartibga solmay, barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy usullar
iqtisodiy ta‘sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy
rag'batlantirish va h.k.), ya‘ni xo‘jalik faoliyatiga ta'sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g'ini
bilan uzviy aloqada amal qilishini ta‘minlovchi tadbirlardan iboratdir. Korxonalar, aksioner
jamiyatlari, kichik biznesda muhim boshqaruv usullaridan biri biznes-reja bo‘lib, iqtisodiy
jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida ob‘ektiv iqtisodiy qonunlardan
foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog'liq
tizimidan iboratdir. Biznes-reja xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining barcha tomonlarini: mahsulot ishlab
chiqarish va uni sotish, moddiy-texnikaviy ta'minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish,
mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h. k.larni qamrab oladi. Boshqarish usullari
tizimida iqtisodiy usullar markaziy hisoblanadi. Iqtisodiy usul iqtisodiy mexanizmlar orqali
boshqarish ob‘ektiga ta‘sir ko‘rsatish ma‘nosini anglatadi.