Korxonalarda personalni rivojlantirish yo’llari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

42. Korxonalarda personalni rivojlantirish yo’llari. 
Personalni rivojlantirish personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni 
qondirib borish, boshqaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini 
oshirishda har taraflama yordam berish. 
Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning 
salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir.3 Personalni boshqarish konsepsiyasi 
korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
quyidagichatabaqalanadi: Xodimlar salohiyatini shakllantirish bu personal mehnat munosabatlarini 
personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib- qoidalar asosida tashkil etishdir. 
Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funksiya hisoblanib, alohida bo‘limlar 
tomonidan bajariladi. Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo‘linmalar 
(bo‘limlar, tsexlar, xizmatlar, laboratoriyalar) rahbarlari faoliyatidir. Personal (yollanma ishchilar) 
o‘z ish joyi muqim bo‘lishi, iloji boricha yuqori ish haqi olish, ijtimoiy kafolatlar, yaxshi mehnat 
sharoiti hamda o‘z korxonasining nufuzidan manfaatdor. 
Mijozlar (mehnat faoliyati natijasi, iste‘molchilari) ular uchun zarur bo‘lgan sifatli va arzon 
mahsulotlarni o‘zlari uchun manfaatli shartlar bilan olishni xohlaydilar. 
Korxona personali yuridik shaxs hisoblangan korxona ma‘muriyati (ish beruvchi) bilan ishga 
yollangan xodimlar muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga bo‘linadi. 
Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo‘linadi. Korxona personali texnologik 
jarayondagi ishtirokiga muvofiq: 
asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan) ishchilar
yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lmagan) ishchilarga bo‘linadi. 
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaqtincha, mavsumiy xodimlarga 
ajratiladi. Korxona personali murakkab, o‘zaro bog‘liq tuzilmaga ega: 


Tashkiliy tuzilma boshqaruv bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘liq, o‘zaro bo‘ysunuvchi tarkibidir. 
Funksional tuzilma boshqaruv funksiyalarining rahbariyat va alohida bo‘linmalar o‘rtasida 
taqsimlanishini aks ettiradi. Rol tuzilmasi xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, 
jamoadagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlaridir. 
Ijtimoiy tuzilma mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, 
ma‘lumoti va hokazolar) ni ifoda etadi. 
Shtatlar tuzilmasida bo‘linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro‘yxati, mansab maoshlari va 
ish haqi miqdori aks etadi. Personal tuzilmasida, shuningdek, quyidagi tushunchalar ham mavjuddir: 
Boshqaruv bo‘g‘ini muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, 
boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo‘linmalaridan iboratdir. Boshqaruv bosqichi (darajasi) 
orxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo‘g‘inlari (bosqich, darajalari). Boshqaruv apparati boshqaruv 
tizimining tegishli bo‘linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga 
ega xodimlar jamoasidir. 
Tarkibiy bo‘linma – tashkiliy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom asosida boshqaruv bo‘g‘inining mustaqil 
qismidir. U funksional va ishlab chiqarish tarkibiy bo‘linmalarga bo‘linadi. Funksional tarkibiy 
bo‘linma boshqaruvning muayyan funksiyalari (masalan, ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya 
hisobi, iqtisodiy rejalashtirish), vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi 
hisoblanadi. Uning faoliyatida pirovard natija boshqaruv qarorlari tayyorlashdir. Ishlab chiqarishning 
tarkibiy bo‘linmasi ishlab chiqarishni tezkor boshqarish vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy 
mahsulot ishlab chiqarishni (uy- joylar, tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta‘minlovchi 
boshqaruvning mustaqil bo‘ginidir. Boshqaruv bo‘g‘inining mustaqil qismidir. U funksional va ishlab 
chiqarish tarkibiy bo‘linmalarga bo‘linadi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Korxonalarda personalni rivojlantirish yo’llari

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish