Mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarini bilasizmi? Sanab bering




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/85
Sana25.01.2024
Hajmi1,04 Mb.
#145784
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
Bog'liq
Personal savollarga javoblar

53. Mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarini bilasizmi? Sanab bering.
Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin 
taraflarning kelishuviga ko‘ra (mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi 
mumkin); 
taraflardan birining tashabbusi bilan; 
muddati tugashi bilan; 
taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra; 
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;
yangi muddatga saylanmaganligi yoxud saylanishda qatnashishni rad etganligi munosabati bilan. 
Mulkdor almashganda mehnat shartnomasini bekor qilish 
Korxona mulkdori almashganda yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o‘rinbosarlari, bosh 
buxgalter bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Bunda mehnat shartnomasini 
bekor qilish korxona mulk qilib olingan kundan boshlab 3 oy mobaynida amalga oshirilishi mumkin. 
Qolgan xodimlar bilan mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. 
Xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish 
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar 
muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, 
bekor qilishga haqlidir. 
Ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqli. 
Ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish 
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) 
yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning 
tugatilganligi; 
xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq 
bo‘lib qolishi; 
xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. 
o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi; 
xodimda yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqining paydo bo‘lganligi. 


Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat 
shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (korxona butunlay 
tugatilgan hollar bundan mustasno). 
Mehnat shartnomasini bekor qilishni kelishish 
Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan 
bekor qilish uchun kasaba uyushmasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini 
olish nazarda tutilgan bo‘lsa, shartnomani bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Quyidagi hollarda kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organning roziligi talab etilmaydi: 
korxona tugatilganda; 
korxona rahbari bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishda; 
mulkdor almashganligi sababli korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan tuzilgan 
mehnat shartnomasi bekor qilinganda. 
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish 
masalasi bo‘yicha qabul qilgan qarori tegishli taqdimnoma olingan kundan boshlab 10 kunlik 
muddatda ish beruvchiga yozma ravishda berilishi kerak. 
Ish beruvchi kasaba uyushmasi roziligini olgandan keyin 1 oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini 
bekor qilishga haqli. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirish 
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma 
ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart: 
kamida ikki oy oldin — mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar 
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi, korona mulkdori almashganligi 
munosabati bilan, shuningdek xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan, qonun 
hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda bekor 
qilinganda; 
kamida ikki hafta oldin – mehnat shartnomasi xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i 
holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi munosabati bilan bekor qilinganda. 
kamida uch kun oldin – mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati 
bilan bekor qilingan hollarda. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarini bilasizmi? Sanab bering

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish