fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishi (mas,
uy xizmatchisi, enaga, shofer, mashinkachi bilan Mehnat shartnomasi tuzish) mumkin. Mehnat
shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlari Mehnat shartnomasining
mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasining ayrim shartlari bevosita qonun hujjatlarida nazarda
tutiladi (mas, mehnat taʼtilining eng kam muddati, barcha xodimlar uchun eng koʻp ish vaqti;
institutizomiy jazo turlari va ularning qoʻllanish tartibi va boshqalar).
Ishlab chikiladigan Mehnat shartnomasi shartlari zarur va qoʻshimcha shartlarga boʻlinadi. Zarur
shartlar (mas, ish joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va boshqalar) taraflarsiz tuzilishi
mumkin boʻlmagan shartlardir. Majburiy boʻlmasa ham, taraflarning xohishiga koʻra, kiritilishi
mumkin boʻlgan shartlar qoʻshimcha shartlar hisoblanadi [mas, ishga qabul qilishda sinov belgilash,
kasb(lavozim)larni qoʻshib olib borish toʻgrisida, toʻliqsiz ish vaqtini belgilash va boshqa]. Mehnat
shartnomasini tuzish paytida xodimlarga qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan
mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat
vazifasining bajarilishi, yaʼni muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish;
xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga boʻysunishi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat
jamoasiga qoʻshilishi Mehnat shartnomasining asosiy belgilari hisoblanadi. Mehnat shartnomasi
yozma shak-lda, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada tuziladi.110-modda. Mehnat
shartnomasining muddati Mehnat shartnomasi: nomuayyan muddatga; uch yildan ko‘p bo‘lmagan
muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin.